Tushuntirish

Yöl qoidabuzarliklari uçun 12 ballik tizim qanday işlaydi?

Foto24-mart, 2025, 14:013 daqiqa0 koʻrish

❓Yöl qoidabuzarliklari uçun 12 ballik tizim qanday işlaydi?

Bu böyiça muhokamaga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

✅ qoidabuzarliklar uçun 0,3 balldan 2 ballgaça jarima ballari hisoblanadi;

✅ jarima ballari E-jarimaball moduli orqali avtomatlaştirilgan tartibda hisoblab boriladi. Modul 1-mayga qadar işlab çiqiladi.

✅ Haydovçilar özlarining jarima ballari haqidagi maʼlumotlarni uşbu modul va maxsus mobil ilova yoki Yagona portal orqali olişadi. Töplagan har bir ball haqida haydovçiga SMS xabar yuboriladi.

Bunda qoidabuzarliklar uçun quyidagi tartibda jarima ballari belgilaş taklif etilmoqda:

✅ Agar haydovçi 12 oy içida qoidabuzarlik sodir etmasa, keyingi davrda birinçi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uçun birinçi jarima balli hisoblanmaydi.

✅ Oxirgi qoidabuzarlik uçun jarima balli hisoblangandan keyin 6 oy davomida qoidabuzarlik sodir etilmasa, umumiy jarima ballaridan 2 ball ayirib taşlanadi. Bunda ularning umumiy jarima ballari 2 balldan kam bölgan taqdirda, barça jarima ballari olib taşlanadi.

✅ Haydovçilar jarima ballari böyiça tegişli tartibda YHXX huzuridagi Maʼmuriy amaliyot markazi va hududiy markazlarga murojaat qilişlari mumkin.

Şunga köra, ularning murojaatlari qanoatlantirlişi yoki rad qilinişi mumkin.

🗓 Mazkur qaror 2025-yil 1-maydan eʼtiboran kuçga kiradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek