Rasman

Yoş oilalarni uy-joy bilan taʼminlaş böyiça Hukumat yangi qaror qabul qildi

Matn12-sentabr, 2019, 13:242 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Yuridik axborot

​​Yoş oilalarni uy-joy bilan taʼminlaş böyiça Hukumat yangi qaror qabul qildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentyabr kuni "Mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoş oilalarni uy-joy bilan taʼminlaşni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 760-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda qayd etiliçiça, 2019-yilda mamlakat ijtimoiy hayotida faol iştirok etayotgan yoş oilalar uçun 1064 ta uy-joyning qurilişi tugaganligi hamda 2116 ta uy-joyda quriliş davom etişi maʼlumot uçun qabul qilingan.

✅ Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

👉 yoş oilalar uçun qurilişi tugallangan 1064 ta uy-joy qiymatining dastlabki badal mablağlari uçun talab etilayotgan 60 mlrd söm mablağ 2019-yilning II çoragi yakuni böyiça bojxona tölovlarining prognoz körsatkiçlaridan ortiqça bajarilgan qismi hisobiga;

👉 2116 ta uy-joy uçun yoş oilalarga tölanadigan 72 mlrd söm mablağ Özbekiston yoşlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq 2019-yilning III çoragi yakuni böyiça respublika byudjetining prognoz körsatkiçlaridan ortiqça bajarilgan qismi hisobiga ajratilişini taʼminlaydi.

Qarorga muvofiq, yoş oilalar uçun qurilayotgan 2116 ta uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigaça bölgan qismi Özbekiston yoşlar ittifoqi mablaği hisobiga 7 yil muddatga qayta moliyalaştiriş stavkasining 50 foiziga teng bölgan stavkada ssuda tariqasida ajratiladi.

Şuningdek, ipoteka krediti böyiça birinçi 5 yil nihoyasiga yetgaç keyingi butun muddat uçun hisoblangan qayta moliyalaştiriş stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi Özbekiston yoşlar ittifoqi mablaği hisobiga tölanadi.

2020-yildan boşlab:

👉 quriladigan uy-joylar uçun dastlabki badallar hamda kredit böyiça birinçi beş yildan keyingi foiz tölovlari yoş oilalarning öz mablağlari hisobiga amalga oşiriladi.

👉 kreditdan foydalanişning birinçi beş yili davomida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 7 foizdan Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalaştiriş stavkasi darjajasigaça bosqiçma-bosqiç oşib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasida belgilanadi.

Kanalga ulaniş 👇👇👇
https://t.me/uzyhk_uz

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek