Top 100 talikdagi xorijiy oliygohlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga imtiyozli ipoteka krediti beriladi
❗Top 100 talikdagi xorijiy oliygohlarda ilmiy daraja olgan mutaxassislarga imtiyozli ipoteka krediti beriladi
Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
🏡 Unga köra, Özbekiston hududida birlamçi uy-joy bozoridan uy-joy sotib oliş uçun BHMning 2 ming 150 baravarigaça (5 mlrd 508 ming söm) 10 yil muddatga har oyda qaytariş şarti bilan kredit ajratiladi.
🧮 Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.
📝 Kredit oluvçi YAIDXP (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron şaklda foydalaniş uçun röyxatdan ötadi.
📋 Buning uçun kredit oluvçi quyidagi şartlarning barçasiga javob berişi kerak:
▪ Özbekiston fuqarosi bölişi;
▪ kredit oliş uçun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoşdan oşmagan bölişi;
▪ kredit oluvçi uşbu xalqaro reyting taşkilotlari tomonidan eʼlon qilingan reytingda yuqori 100 talik röyxatga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlarida ilmiy daraja olgan bölişi;
▪ kredit oluvçining xorijiy oliy taʼlim taşkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingan bölişi.
📄 Kredit oluvçi ipoteka krediti ajratiş böyiça Yagona portal (My.gov.uz) orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
➖ kredit oliş töğrisida ariza;
➖ kredit oluvçi tomonidan sotib olinadigan uy-joy böyiça quriliş taşkiloti bilan tuzilgan şartnoma.
⏭️ Tijorat banki 3 iş kuni içida uning tölovga layoqatini örganib, uy-joy sotib oliş uçun unga ajratilişi mumkin bölgan kredit miqdori töğrisida bank xulosasini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
⚠️ Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oşmasligi lozim.
👉 @xushnudbek 👈


