Harbiy tavsiyanomali abituriyentlar uçun yurisprudensiyaga imtiyoz qöllanişda davom etar ekan
Adliya vazirligidan olingan oxirgi maʼlumotga köra, 1 yillik harbiy xizmatni ötab, tavsiyanoma olgan abituriyentlar uçun yurisprudensiya yönalişiga imtiyoz qöllanişda davom etar ekan. Yaʼni uşbu toifa uçun imtiyoz bekor bölmayapti, deyişdi.
Lekin bu ham rasmiy xabar emas, çunki bunga oid rasmiy hujjat hali imzolanmadi. Loyiha sifatida kiritilgan, ammo hozirgaça qabul qilinmadi. Qabul tugaşiga esa atigi 3 kun qoldi, haligaça mavhumlik hukm surmoqda.
Axir abituriyentlar bilişi kerak-ku, qaysi imtiyoz ötadi, qaysi biri ötmaydi. Şunga qarab qarorini qabul qiladi. Qabul tugab bölgandan keyin çiqadigan hujjatning kimga keragi bor?
Masʼullar şunga eʼtibor berişsa yaxşi bölardi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


