Muhim

Yurtning kuçi – birlikda, qadri esa tinçlikdadir!

Video1-sentabr, 2024, 13:383 daqiqa0 koʻrish

Yurtning kuçi – birlikda, qadri esa tinçlikdadir!

Keça Mustaqillik bayramidagi Prezident nutqi oldingilardan mazmun jihatdan keskin farq qilganiga eʼtibor bergan bölsangiz kerak. Joriy yilgi nutq qilingan işlarning hisoboti şaklida emas, asosan xalqqa, ota-onalarga va yoşlarga murojaat körinişida böldi, kelgusida oldimizda turgan rejalar va marralar haqida ruhlantiruvçi gaplar aytildi.

Masalan, Prezident "qizlaringizni öqiting, orzu-umidlarini röyobga çiqarişlarida ularga kömakçi böling" deya xitob qildi.

Prezident nutqidan törtta muhim signalni anglaş mumkin edi:

1️⃣ Birinçisi, beşta ustuvor masalaga eʼtibor davom etadi. Bular: sifatli taʼlim, malakali tibbiyot, rivojlangan tadbirkorlik, korrupsiyadan xoli, adolatli sud va barqaror ekologiya;

2️⃣ Ikkinçisi, Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş yölida qatʼiy davom etiladi va alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi;

3️⃣ Uçinçisi, 37 millionlik katta xalqmiz. Demak, aholi sonining oşişini davlat muammo sifatida körmaydi, balki mehnat va bilim orqali inson resursini katta salohiyatga aylantiradi. Buning uçun kreativ sohaga eʼtibor kuçaytiriladi;

4️⃣ Törtinçisi, Markaziy Osiyoni tinçlik va hamjihatlik ruhi hukm suradigan mintaqaga aylantiriş orzusi yölida sobitqadamlik körsatiladi.

Şavkat Mirziyoyev nutqi sönggida fidokorona mehnati bilan yangi hayot binosini barpo etayotgan buyuk xalqimizga farzandlik mehri bilan taʼzim qilişini maʼlum qildi.

Yaşasin Özbekiston Respublikasi!
Yaşasin Özbekiston xalqi!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek