Solovyov Markaziy Osiyoda ham harbiy harakatlar olib borişga çaqirdi
❗️Rossiyaning iflos propagandasi yana asl başarasini körsatdi: Solovyov Markaziy Osiyoda ham harbiy harakatlar olib borişga çaqirdi
Putin Rossiyasining asosiy tili va propagandaçisi Vladimir Solovyov jonli efir paytida Ukrainaga qilingan bosqinçilik paytidagi bahona, yaʼni milliy xavfsizlikni himoya qiliş niqobi ostida Markaziy Osiyo davlatlariga ham harbiy hujum (ularning tilida “maxsus harbiy amaliyot”) qiliş kerakligini taʼkidlagan. Taʼsir doirasidagi hududlarga hujum qilişda xalqaro huquqqa hamda Yevropaning fikriga tupurib qöyiş kerakligini aytgan. Bu esini yegan ahmoqning videosini kanalga joylab ötirmayman, bunaqa jirkanç gaplarni tarqatişni xohlamayman.
Bu kabi gaplarni birinçi marta körmayapmiz. Zaxar Prilepin Özbekistonni Rossiyaga qöşib oliş haqida yoki Mixail Smolin 1917-yilgaça özbek va qozoqlar millat sifatida mavjud bölmagani, bular rus inqilobidan keyin sunʼiy yaratilgan millatlar ekanligi haqida gapirganini eslasak kifoya.
Aslida-ku, Solovyov kabi esini yegan ahmoqlarning gapi eʼtibor berişga ham arzimaydi. Lekin boşqa jihati bor.
Rossiya taktikasi şunaqa, Hukumat xohlayotgan gaplarni qöştirnoq içidagi jamoat faollari tilidan ayttirişadi. Yaʼni bu tasodifan aytilgan gaplar emas, Kremlda yopiq eşiklar ortida muhokama qilingan va keyin pastga tuşirilgan tezislar böliş ehtimoli katta. Bu orqali Rossiya Hukumati jamoatçilik reaksiyasini kuzatadi, jaa döppi tor kelsa, bu özining şaxsiy fikri, bizga aloqasi yöq, degan şablon gap bilan qutiladi.
Ukrainaga uruş oçişdan avval ham şunaqa bölgan edi, uzoq yillar davomida rus propagandasi Ukraina davlati qadimdan mavjud bölmagani, bunaqa millat yöqligi, Ukrainani qöşib oliş kerakligi haqida tinimsiz gapirgan va keng jamoatçilikka şu ğoyalarni tarğib qilgan. Natijasini esa mana 4 yildan buyon köryapmiz. Xayriyatki, jasur ukrain xalqi öz davlatini bosqinçilar qöliga qöşqöllab tutqazib qöymadi, oxirgi tomçi qoni qolgungaça himoya qilişyapti. Qahramonlarga şaraflar bölsin!
❓Nima qiliş kerak?
1️⃣ Eng avvalo öqiş kerak, taʼlimni va kasbga tayyorlaşni kuçaytiriş kerak. Ha, bu ğalati tuyulişi mumkin, Solovyovning gapi qayerda-yu, öqiş qayerda. Lekin bizning Rossiya taʼsir doirasidan çiqib ketişimiz uçun eng avvalo millionlab kadrlarimiz faqat Rossiya mehnat bozorida emas, eng avvalo özimizda iş topa olişi, va undan keyin boşqa xorijiy mamlakatlarda mehnat qila oladigan malakaga ega bölişlari kerak. Çunki Rossiya migrantlarimizdan “jonli asirlar” sifatida foydalanişi ahmoqqa ham maʼlum.
2️⃣ Ikkinçidan, iqtisodiyotimizni diversifikatsiya qilişda, xalqaro hamkorlikni kuçaytirib, Özbekiston uçun yangi bozorlar topişda davom etişimiz, biznesni rivojlantiriş, erkin bozor iqtisodiyotini şakllantiriş va iqtisodiyotimizdagi liberal qarorlarni köpaytirişimiz kerak.
3️⃣ Uçinçidan, Zaxar Prilepin, Mixail Smolin va esini yegan Vladimir Solovyovni “persona non grata” deya rasman eʼlon qiliş, ularning Özbekistonga kirişini taqiqlaş kerak. Buning uçun allaqaçon qonun ham qabul qilib qöyganmiz, huquqiy asosimiz bor.
Axir Özbekistonning Konstitutsiyaviy tuzumi va suverenitetiga qarşi gapirgan xorijliklarni nima uçun “persona non grata” deb eʼlon qilmasligimiz kerak?
4️⃣ Törtinçidan, Taşqi işlar vazirligi bu borada alohida bayonot berişi, Rossiya elçisini zudlik bilan çaqirtirişi va Solovyov fikrlariga izoh talab qilişi kerak. Faqat ötgan safar Zaxar Prilepinning gapidan keyin rus elçisini “taklif qilganimiz” kabi şarmanda bölmaylik. Elçilar bunaqa holatda taklif qilinmaydi, çaqirtiriladi!
Hozirça şular.
Sözim söngida avvalgi gaplarimni yana takrorlayman:
‼️ Uyğonaylik, xaloyiq, uyğonaylik! Közimizni kattaroq oçaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qiliş uçun aqlimizni işlataylik. Agar hozir aqlimizni işlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uçun qurol işlatişga majbur bölib qolamiz.
- 150 Telegram Stars

