1-mart, yakşanba (11-kun): Töy va marosim odoblari
1-mart, yakşanba (11-kun)
Saharlik vaqti: 05:40
Iftorlik vaqti: 18:17 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
TÖY VA MAROSIM ODOBLARI
Töy va marosimlar haqida ulmolarimizning kitoblarida kerakli maʼlumotlar taqdim qilingan. Quyida şunday maʼlumotlardan baʼzilarini keltirib ötişga ijozat bergaysiz:
• Marosim egasi özi istagan kişilarni oğzaki yoki taklifnoma vositasida taklif qiladi.
• Imkoni boriça köproq taqvodor, duosidan umidvorlik bor, qorni töysa xursand böladigan kambağal kişilarni, köngil yaqinlari taklif qilinadi.
• Marosim egasi öz marosimida isrofga yöl qöymaydi yoki juda ham qisib yubormaydi. Imkoniga qarab örtaça iş tutsa, yaxşi böladi.
• Marosim egasi röza tutib kelganlarning rözasini oçirişga harakat qilmaydi.
• Marosim egasi tortgan taomini maqtamaydi.
• Taklif qilingan marosimga boriş hanafiy mazhabi böyiça, agar u nikoh töyi bölsa, sunnat, boşqa marosim bölsa, mustahabdir.
• Marosimda gunoh işlar sodir bölişi aniq bölsa, unga borilmaydi.
• Marosimga boriş imkonini topa olmagan kişi taklif uçun taşakkur aytib, ezgu duolar qiladi, bora olmasligi uçun uzr aytadi.
• Agar marosimga şaxsan emas, umumiy tarzda taklif qilingan bölsa, boriş-bormaslik taklif qilingan odamning ixtiyorida.
• Taklif qilinmagan şaxslarning marosimga borişlari mumkin emas.
• Marosimga taklif qilingan kişi özi bilan taklif qilinmagan odamni olib borsa, buning uçun marosim egasidan ruxsat söraydi.
• Marosimga boruvçi marosim egasining hurmatini niyat qilib boradi.
• Marosimga belgilangan vaqtdan oldin borilmaydi.
• Marosimga belgilangan vaqtdan keç ham qolinmaydi.
• Marosim egasi mehmonlarni oçiq çehra bilan, xursand holda samimiy kutib oladi.
• Marosim egasi muhtaram kişilarga va tortinib turganlarga alohida latofatli muomala qiladi.
• Marosim egasi ortiqça takallufga, «oling-oling»larga ötib ketmaydi.
• Marosimga borgan mehmon öziga körsatilgan joyga ötiradi.
• Mezbon özi taklif qilmasa, törga ötişi mumkin emas.
• Mehmon vojib röza tutmagan bölsa, taomdan özini olib qoçmaydi.
• Mehmon taom tanovul qilişga şoşilmaydi.
• Mehmon taom tanovul qilişning umumiy odoblariga rioya qiladi.
• Mezbon hammadan oldin taom tanovul qilişdan qöl tortmaydi.
• Mehmon öziga alohida, dasturxonga qöyilmagan taomni keltirişni söramaydi.
• Mehmon öziga yoqqan odamga dasturxondagi taomdan olib bermaydi.
• Marosim taomidan uyiga olib ketilmaydi.
• Boşqalar turib ketgandan keyin ötirib qoliş ham odobdan emas.
• Marosimga qatnaşganlar marosim egasi, uning oilasi haqqiga duo qilişadi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 8 Telegram Stars

