Ramazon

28-fevral, şanba (10-kun): Içimlik içiş odoblari

Matn28-fevral, 2026, 17:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

28-fevral, şanba (10-kun)
Iftorlik vaqti: 18:16 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

IÇIMLIK IÇIŞ ODOBLARI

Islomda boşqa narsalar qatori, içimlik içiş böyiça ham yuksak odob namunalari joriy qilingan.

• Içimlik içişdan oldin «bismillah» aytiladi.

Bu muborak lafzni aytiş barça işlarda muhim bölgani kabi, musulmon inson uçun içimlik içişdan oldin ham juda zarurdir.

• Öng qöl bilan içiladi.

Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam barça yaxşilik, ehtirom, xayr maʼnosidagi bir narsani oliş yoki beriş, içiş, yeyiş, kiyiş, yuviş kabi işlarni öng qöl bilan qilar va öngidan boşlar edilar.

• Idişning içiga nafasini urmaydi.

Içimlik içayotgan odam nafas olmoqçi bölsa, içişdan töxtab, idişni oğzidan uzoqlaştirib turib, keyin nafas oladi. Söngra yana içişni davom ettiradi.

• Içimlik ötirgan holda içiladi.

Çunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tik turib içimlik içişdan qaytarganlar. Faqat zamzam suvini qiblaga yuzlangan holda tik turib içsa böladi.

• Içimlik simirib içiladi.

Bir nafas bilan sipqoriş, xörillatib, turli ovozlar çiqarib içiş beodoblikdir.

• Içimlik suv idişining oğzidan içilmaydi.

Içimlik içmoqçi bölgan odam içimlik saqlanadigan idişdan qadahga (piyolaga) quyib olib, söng içişi lozim. Har kimning umumiy idişga oğzini qöyib içaverişi tabiatga ham, odobga ham, tibbiy körsatmalarga ham töğri kelmaydi.

• Idişning uçgan joyidan ham içilmaydi.

Çunki u joyga kir töplangan böladi.

• Içimlikni içib bölgandan keyin Allohga hamd aytiladi.

Şunda insonlarga mazali, pokiza, şör bölmagan, zilol va çanqovni bosadigan suvni ato etib qöygan Allohga şukr aytgan böladi.

• Içimlik quyib bergan kişining özi oxirida içadi.

Odob böyiça bir qavmga soqiylik qilib, suv va boşqa çanqovbosdi içimliklar tarqatib turgan kişi özi oxirida içadi. Oldin mehmonlarning xizmatini qilib, savobni töliq olgaç, söngra bemalol özi içsa bölaveradi. Taom ulaşiş bilan maşğul dasturxonçi ham şunday qiladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 10 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek