Tushuntirish

1-oktyabr kunida maktab öqituvçilari qança mukofot oladi?

Matn13-sentabr, 2025, 13:112 daqiqa0 koʻrish

❓1-oktyabr kunida maktab öqituvçilari qança mukofot oladi?

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öqituvçilari “1-oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni”munosabati bilan 953 ming sömdan mukofotlanişi böyiça xabarlar tarqalmoqda, şunga izoh bermoqçiman.

❌ Mazkur xabar qisman notöğri. Buni tarqatayotganlar Prezident farmonidagi kiçik, lekin öta muhim joyini notöğri talqin qilişgan.

Xabarlarda aytilganidek, darhaqiqat, 2025-yil 19-martdagi PF–51-son Prezident Farmoni bilan umumtaʼlim muassasalarining Direktor jamğarmasidan foydalaniş tartibiga özgartiriş kiritildi. Yangi özgarişga köra, “1-oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan xodimlarni mukofotlaş miqdori mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 75 foiziGAÇA etib belgilandi. Avval mukofotlaş miqdori 50 foizni taşkil etgan edi.

Yangi özgarişdagi -GAÇA qöşimçasi maksimal çegarani anglatadi, lekin bu hamma xodimlar 75% mukofot oladi, degani emas. Qayerdadir 75, qayerdadir 60, qayerdadir 50 foiz berilişi mumkin.

Mukofot miqdori mukofotlaş davrida Direktor jamğarmasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib çiqib, uning joriy moliya yilidagi mavjud mablağlari doirasida belgilanadi. Jaydari tilda aytganda, Direktor jamğarmasida qança pul borligiga qarab, mukofot miqdorlari farq qiladi, barça maktabda öqituvçilar bir xil mukofot olmasligi mumkin.

Mukofotning eng maksimal miqdori MHTEKM 75 foizigaça, yaʼni 953 ming 250 söm böladi, bundan köp mukofot beriş mumkin emas, lekin moliyaviy imkoniyati bölmasa, bundan kam beriş mumkin.

❗️BU MUHIM: bayram munosabati bilan mukofot faqat öqituvçilarga emas, balki barça xodimlarga beriladi. Yaʼni rahbar va texnik-xizmat körsatuvçi xodimlar ham mukofot oladi.

Albatta, ustozlar qança köp oylik olsa, qança köp ustama va mukofot olsa, şunça yaxşi. Ammo huquqiy jihatdan amaldagi tartibni töğri talqin qilgan foydadan xoli bölmaydi. Ertaga kimgadir kamroq mukofot çiqsa, tuşunmovçilik kelib çiqmasin deyapman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek