Ramazon

6-mart, juma (16-kun): Yöl odobi

Matn6-mart, 2026, 17:372 daqiqa0 koʻrish

6-mart, juma (16-kun)
Iftorlik vaqti: 18:23 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

YÖL ODOBI

Yöl odoblarining eng muhimlaridan biri yöl qoidalariga rioya qilişdir.

Har bir jamiyatda kişilarning özaro munosabatlarini töğri yölga soliş, insonlarni turli zarar va köngilsizliklardan saqlaş maqsadida yöl qoidalari joriy qilinadi. Hozirgi paytda bular xalqaro qoidalar darajasiga yetgan. Uşbu qoidalarga amal qiliş hamma uçun zarur va majburiydir. Mazkur qoidalar şariatimiz taʼlimotlariga ham töğri keladi. Demak, musulmonlar bu qoidalarga hammadan köra yaxşiroq amal qilişlari kerak.

Agar barçamiz uşbu yöl odoblariga va qoidalariga oğişmay amal qilsak, juda katta va savobli işni amalga oşirgan bölamiz. Hammamiz yöllarning moddiy va maʼnaviy obodligi, pokizaligi, goʼzalligi uçun harakat qilaylik!

Yöl odoblaridan biri ahli fazl va keksa kişilarning hurmatini joyiga qöyişdir.

Bu odobga barça joylarda rioya qilinadi. Ammo yölda uşbu odobning ahamiyati yana ham oşadi.

Yöl odoblaridan biri har tomonga alanglamay, töğri qarab yurişdir.

Uluğlarimiz yölda har tomonga alanglab qaraşni beodoblikning qattalaridan deb bilişgan.

Yöl odoblari doirasiga diniy adabiyotimizda «yöl haqlari» deb atalgan quyidagi odoblar ham kiradi:

Yöl haqlaridan biri yölovçilar bilan salomlaşişdir.

Xususan, salom berganlarga alik olişdir. Zotan, Islomda tanigan va tanimagan har bir kişi bilan salomlaşişga katta eʼtibor berilgani hammaga maʼlum.

Yöl haqlaridan yana biri kişilarni yaxşilikka çaqirib, yomonlikdan qaytarişdir.

Bu iş doimo qilinişi lozim bölgan işlardan ekanini yaxşi bilamiz. Jumladan, yölda jamiyat aʼzolarini yaxşilikka çaqirib, yomonlikdan qaytarişga ehtiyoj juda ham kuçli böladi.

Yöl haqlaridan biri adaşgan yölovçiga yöl körsatişdir.

Yölda boradigan joyini topa olmay, yordamga muhtoj bölib yurgan kişilar tez-tez uçrab turadi. Ularga yöl körsatib qöyiş boşqalarning burçidir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek