26-fevral, payşanba (8-kun) Iftorlik vaqti va ovqatlaniş odoblari
26-fevral, payşanba (8-kun)
Iftorlik vaqti: 18:14 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
OVQATLANIŞ ODOBLARI
• Taom yemoq gohida farz böladi.
Bu işni farz bölganida qilgani uçun inson savob oladi va uni qilmagani uçun gunohkor böladi. Halokatni daf qiliş uçun taom yeyişning hukmi şudir. Çunki Islomda inson öz jonini halokatga taşlamaydi, balki uni saqlaş uçun harakat qilişi farzdir.
• Taom yemoq gohida vojib böladi.
Farz namozni tik turib öqişga qodir bölgudek va farz rözani tutişga qodir bölgudek miqdorda taom yeyiş vojibdir. Şariat qoidasi böyiça vojibni ado etiş uçun kerak bölgan narsa ham vojib hisoblanadi.
• Taom yemoq gohida mandub böladi.
Rizq kasb qilişga, ilm olişga va nafl ibodatlarni ado etişga qodir bölgudek miqdorda taom yeyiş mandubdir.
• Taom yemoq gohida muboh böladi.
Zarar yetadigan bölmagudek töyib taom tanovul qiliş mubohdir.
• Taom yemoq gohida harom böladi.
Ortiqça töyib, öziga zarar yetkazadigan darajagaça taom yemoq haromdir.
• Taom yemoq gohida makruh böladi.
Bunga töyganidan ortiqça taom yeyiş kiradi.
• Özi qilgan qurbonlik goʼştidan yemoq mustahabdir.
Aqiqaning hukmi ham qurbonlikning hukmiga öxşaş.
• Kafforot va fidya uçun söyilgan hayvonning goʼştidan öşa kafforot va fidya vojib bölgan odam yeyişi mumkin emas.
• Töy va ziyofat taomidan yemoq mustahabdir.
• Notaniş joyda taom yemoqçi bölgan odam u yerdagi taomning qanday bölişini bilmagani uçun uning haqida suriştirmay turib yemasligi kerak.
Payğambarimiz Muhammad alayhissalom doimo avval suriştirib olib, keyin taomga qöl uzatar edilar.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


