Ramazon

19-mart, seşanba (9-kun): Muloyimlik haqida hadis

Matn19-mart, 2024, 18:061 daqiqa0 koʻrish

19-mart, seşanba (9-kun)
Iftorlik vaqti: 18:36 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abdulloh ibn Muğaffaldan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxşi köradi. Muloyimlik uçun qöpollikka bermagan narsani beradi», dedilar».

📖 Şarh: Demak, Alloh subhanahu va taolo muloyimlikka alohida ajr-savob va darajotlar berar ekan. Şuning uçun mömin banda muloyim, yumşoq, nihoyatda xuşmuomala inson bölişi kerak.

Bu haqiqatni kundalik hayotimiz davomida zinhor unutmasligimiz lozim. Afsuski, voqelikda bundan yiroqligimiz bor. Qöpollik va dağallik köpinça muloyimlikdan ustun kelib qoladi.

Islom dinining fazilatini qarangki, özimizning bugungi hayotimiz uçun nihoyatda zarur bölgan sifatni şaxsimizda mujassam qilganimiz uçun bizga ajr va savob vaʼda qilinmoqda. Şunday ekan, uşbu marhamatdan unumli foydalaniş payidan bölişimiz kerak.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek