Ramazon

15-kun: Yöl odoblari

Matn5-mart, 2026, 18:043 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

5-mart, payşanba (15-kun)
Iftorlik vaqti: 18:22 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

YÖL ODOBLARI

Yöl jamiyat aʼzolarining bir-birlari bilan boğlanişlari, munosabat örnatişlari, muntazam aloqalarni joriy etişlari vositasidir. Kişilar yöllar orqali uydan uyga, mahalladan mahallaga, bir yurtdan ikkinçisiga borib-kelişadi. Insonlar yöllar vositasida hayotlari uçun kerak bölgan yuklarini taşiydilar. Ibtidoiy jamiyat davridan boşlab, hozirgaça yöllar ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim örin egallab kelgan. Yöllarning insoniy jamiyat uçun katta ahamiyatga ega omil ekanini ular haqida Qurʼoni karimda bir neça oyati karimalar nozil bölganidan ham bilib oliş qiyin emas.

Xususan, biz yaşab turgan davrga kelib, yöllarning insoniyat hayotidagi ahamiyati va qadri yana ham ösdi. Hayotning barça sohasida taraqqiyot, osonlik, qulaylik uçun yöllar öta zarur omilga aylanib qoldi. Şuning uçun ham Islomda yöllar masalasiga öziga yaraşa alohida eʼtibor qaratilgan. Yölga va yöl xizmatlariga oid öziga xos qonun-qoidalar, odob-axloqlar joriy qilingan.

Yölga yaxşi niyat bilan, kerakli duolarni öqib çiqiş.

Yaxşi niyat — yarim mol. Musulmon kişi doimo yaxşi niyatli böladi. Binobarin, yölga çiqqanda ham yaxşi niyat bilan çiqadi. Rivoyatlarda kelgan yölga çiqiş oldidan öqiladigan duolarda ham aynan yaxşi niyat ifoda qilingan.

Yölning öng tarafida yurib, öng tarafida töxtaş.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning barça narsalarni öng tarafdan boşlaşlari köp rivoyatlarda kelgan. Ulamolarimiz: «Yölning öng tarafidan yuriş mustahabdir», deganlar.

Yölda yurişda tavozeli böliş.

Yöl odamlar bir-birlari bilan uçraşadigan va ular köp qatnaydigan joydir. Bunday joylarda şayton odam bolasini vasvasaga solişi ham mumkin. U laʼnati baʼzi odamlarning köngliga: «Şunça odamning içida eng afzali sensan, şakli-şamoyiling, qaddi-qomating, mansabing, boyliging hammanikidan ustun», deya iğvo qilişi turgan gap. Şaytonning bu kabi iğvosiga uçgan ayrim kişilar kibru havoga berilib, tavozeni unutişlari mumkin. Şuning uçun yölda yurgan odam Alloh taoloning solih bandalaridan bölişga harakat qilişi lozim.

Musulmon kişi yölda viqor bilan, örtaça yurişi va ovozini baland kötarmasligi odobdandir.

Alloh taolo Luqmon surasida marhamat qiladi:

«Yurişingda mötadil böl va ovozingni pasaytir. Çunki ovozlarning eng yomoni eşakning ovozidir» (19-oyat).

Yaʼni, yurişing örtaça va maqsadli bölsin. Bekorçi, soxta harakatlar bilan kuç-quvvatni isrof qilib, kibru havo bilan ham yurma, juda lapaşang bölib, sudralma ham

«...va ovozingni pasaytir».

Hangragan kabi xunuk ovozda hamma yoqni boşingga kötarma. Baqir-çaqir qiliş yomon narsa. Bilib qöy:

«...ovozlarning eng yomoni eşakning ovozidir».

Eşak bekordan-bekorga bor ovozi bilan hangrab turadi. Heç bir sababsiz baland kötarilgan ovozning eşaknikiga öxşatilişining özi yetarli. Oyatda bu ovoz eng yomon ekani ham taʼkidlanmoqda.

Yölda yurib borayotgan musulmon kişining barçaga tabassum bilan boqişi odobdandir.

Demak, odamlar bilan körişganda, qovoq solmasdan, ğamgin holatda bölmay, körgan odamning yuziga tabassum bilan qarab, çiroyli muomala qiliş Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odatlari ekan.

Yölda yurib borayotgan musulmon inson özidan boşqalar ham yölga u kabi haqli ekanlarini unutmaydi. Ularga yölda noqulaylik tuğdirmaslikka, ularga nisbatan hurmat bilan qarab, odob bilan muomala qilişga harakat qiladi. Yölda kibru havoga beriliş, özini boşqalardan ustun qöyiş, dabdaba va asʼasa bilan yuriş dinimizda qattiq qoralanadi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek