Ramazon

21-fevral, şanba (3-kun): Ğiybat va çaqimçilik haqida

Matn21-fevral, 2026, 05:041 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

21-fevral, şanba (3-kun)
Saharlik vaqti: 05:51
Iftorlik vaqti: 18:08 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

ĞIYBAT

Insonning bor ayblarini uning yöqligida zikr qiliş ğiybatdir. Ğiybatning harom, gunohi kabiralardan ekanini barça ulamolar bir ovozdan taʼkidlaşgan.

Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi:

«Baʼzilaringiz baʼzilaringizni ğiybat qilmasin. Sizlardan birortalaringiz özining ölgan birodarining göştini yeyişni yaxşi körurmi? Ha, yomon körasizlar. Allohdan qörqinglar! Albatta, Alloh tavbani köplab qabul qiluvçi, öta rahmlidir» (12-oyat).

Ğiybatçiga quloq solgan kişi ğiybatga şerik hisoblanadi. Faqat uning gapini tili bilan inkor qilsagina, gunohidan qutiladi.

ÇAQIMÇILIK

Çaqimçilik deganda buzğunçilik yöli bilan odamlarning gapini bir-biriga yetkaziş tuşuniladi.

Çaqimçilikning haromligiga musulmonlar ijmo’ qilişgan. Baʼzilar «Çaqimçilik gunohi kabiradir», deyişgan.

Hammam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Huzayfa unga: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Çaqimçi jannatga kirmaydi», deganlarini eşitganman», dedi».

Çaqimçilikning mohiyati sirni foş qiliş va oşkor etilişi yoqtirilmagan narsani eʼlon qilişdir. Har bir körgan narsasini boşqalarga borib, gapiraveriş çaqimçilikdir. Musulmonlar bunday illatdan tiyilişlari lozim.

Hasan Basriy mana şu xususda şunday deganlar: «Kim senga bir gapni yetkazsa, bilki, u sening gapingni ham boşqalarga yetkazadi».

Çaqimçilik tarqalgan jamiyatda birlik, hamkorlik yöqolib boradi. Bu esa har qanday jamiyat uçun öta xatarlidir.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek