20-fevral, juma (2-kun) Iftorlik vaqti va yolğon haqida
20-fevral, juma (2-kun)
Iftorlik vaqti: 18:07 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
YOLĞON
Til ofatlarining eng yomoni yolğon gapiriş, yolğon guvohlikka ötişdir. Yolğonçilik barça razilliklarning onasi, kulfatlarning boşi, insonni qabih işlarga boşlovçi, obrösini tökuvçi illatdir. Şu sababdan Islom odobida yolğon gapirişdan qaytarilgan.
Yolğon gapiriş, yolğon guvohlik beriş şariatimizda qattiq qoralangan va bu narsa ulkan gunohga (gunohi kabiraga) tenglaştirilgan.
Qurʼoni karimda yolğon haqida bir yuz oltmiş yettita oyat bor.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Munofiqning alomati uçtadir: gapirsa, yolğon gapiradi, vaʼda bersa, ustidan çiqmaydi va omonat unga işonilsa, xiyonat qiladi», deganlar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Yolğonçilikning turlari köp. Xiyonat – yolğonçilikning eng yomon körinişidir.
Yolğondan guvohlik beriş esa jamiyatni buzişga, odamlarga zulm, jafo yetkazişga, ular örtasida adovat va xusumat tuğilişiga sabab böladi.
Bir insonning martaba-amaliga, obrö-nomiga putur yetkazişga harakat qilib, böhton uyuştiriş va çaqimçilik qiliş ham yolğonning turlaridan bölib, eng yomon illatlardan sanaladi.
Odamlarni kuldiriş uçun yolğon töqiş, körmagan tuşini kördim, deb boşqalarga sözlaş, farzandga biror narsa olib beraman, deb aldaş, eşitgan har bir gapni suriştirmay tarqatiş, yolğon qasam bilan özganing molini özlaştirib oliş yolğonning eng xatarli körinişlaridir.
Möminlar yolğonni katta gunoh deb bilişadi. Ular yolğon gapirişlari tufayli oxiratda qattiq azobga giriftor bölişlaridan qörqib, yolğonni tark etişadi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars


