23-fevral, duşanba (5-kun): Kalom odoblari
23-fevral, duşanba (5-kun)
Iftorlik vaqti: 18:10 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
KALOM ODOBLARI
Gapirayotgan odamga yuzlanib, uning sözlarini diqqat bilan eşitiş lozim.
Ikki kişi suhbatlaşayotganida, eşituvçi kişi sözlayotganning yuziga boqib, uning gaplarini diqqat va eʼtibor bilan tinglaşi, zarurat tuğilmasa, uning sözini bölmasligi ham suhbat odoblaridandir. Bir odam gapirayotganida, boşqa yoqqa qarab turiş sözlovçiga nisbatan hurmatsizlik, odobsizlik böladi.
Uçinçi odam huzurida ikki kişi undan yaşirib gaplaşmaydi.
Majlis-davralarda ikki kişi bir-birining quloğiga şivirlab, pinhona gaplaşmaydi, majlis ahlining baʼzilari bilib, boşqalari bilmaydigan tilda sözlaşilmaydi. Ikki kişi bir-biriga sir aytsa, ularning örtasiga kirib, gapiga quloq solinmaydi.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar uç kişi bölsa, ikkitasi uçinçini qöyib, piçirlaşmaydi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Uçinçi kişidan yaşirib, unga eşittirmaslik maqsadida gapirilgan gapdan öşa kişining köngliga ozor yetadi. Şayton vasvasa qilib, uning xayoliga turli bölmağur fikrlarni soladi. Natijada mömin kişiga ozor yetadi, möminga ozor beriş esa haromdir.
Birovning gapi sir bölsa, boşqalarga aytmaslik kerak.
Gapning sirligi uning egasi «Heç kimga aytmang», deyişi yoki işora qilişi bilan bilinadi. Misol uçun, gapni gapirayotib yoki gapirib bölgaç, atrofga qarab qöyişiga öxşaş holatlarda eşitilgan gaplar sir bölgani uçun boşqaga aytilmaydi.
Bunday paytda öşa gap sohibining «Gapimni birovga aytma», deb taʼkidlaşining keragi yöq. Öşa, birov eşitib qolmadimi, degan maʼnoda alanglab qarab qöyişining özi yetadi. Kim mazkur holdagi gapni boşqalarga aytsa, omonatga xiyonat qilgan böladi.
Sözlayotgan paytda ortiqça harakatlar qilmaslik lozim.
Bunga köz, qoş, qöl va boşqa aʼzolarning harakati ham kiradi. Suhbatlaşayotganda suhbatdoşini turtib, qölidan tutib yoki kiyimidan tortqilab gapiradiganlar ham bor. Uşbu narsalar ham odobsizlikka kiradi va bu işlar kişi odobidagi nuqsonlardir.
***
XULOSA: Til ofatlaridan saqlanişning eng yaxşi yöli turli bemaʼni ötiriş-ziyofatlar, ğiybat-xusumat majlislari, nodon, axloqsiz kişilar suhbati kabilardan uzoqroq yurişdir.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars

