25-fevral, çorşanba (7-kun): Maskanda mötadil böliş va şaroitni yaxşilaş
25-fevral, çorşanba (7-kun)
Saharlik vaqti: 05:46
Iftorlik vaqti: 18:13 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
MASKANDA MÖTADIL BÖLIŞ VA ŞAROITNI YAXŞILAŞ
Barça narsalarda mötadillik dini bölgan Islom maskan masalasida ham mötadil bölişga çaqiradi. Bir tarafdan maskan masalasida haddan oşib, dabdaba va faxrlanişga ötib ketişdan qaytarsa, ikkinçi tarafdan tarki dunyo qilib, maskanga eʼtiborsiz qaraşdan qaytaradi.
Maskan inson va uning oilasi uçun qarorgoh bölganidan keyin, ularga farovon va xotirjam hayot keçiriş vositasi bölişi ham kerak. Turmuş ötkaziş uçun zarur bölgan barça şaroit insonning maskanida muhayyo bölişi matlub sanaladi.
Musulmonlarning qurgan maskanlarida yuqorida aytilgan mulohazalar öz aksini topgan. Ularda maskan egasi, uning ayoli, bolalari va birga yaşaydigan yaqinlarining orom olişlari, ovqatlanişlari, tahorat va ğusl qilişlari, mehmon kutişlari va boşqa zarur faoliyatlarni olib borişlari uçun kerak böladigan barça şaroitlar yaratilgan böladi.
Ularning maskanlarida din taʼlimoti asosida hayot keçirişga kerak bölgan şaroitlar öz ifodasini topgan böladi. Misol uçun, avvalgi musulmon meʼmorçiligida uylarning eng hurmatli joylari – uyning töri mehrob deb atalgan va qiblaga qaragan tarafda bölgan. Uyga taşrif buyurgan mehmon ham heç kimdan söramay, qibla qayoqda ekanini bilib, ibodatini ado etgan.
Uy qurişda uning içiga begona köz tuşişini man qiliş omili ham eʼtiborga olingan. Köça-köydan ötganlarning nazari xonadon içiga tuşmaydigan qilib rejalaştirilgan. Ota-onalarning yotoqxonalari farzandlarning köz öngida bölmasligi taʼminlangan. Şuningdek, erkaklar uçun tayyorlangan mehmonxonalar ham ahli-ayolga xalaqit bermaydigan darajada çetda bölişiga alohida eʼtibor berilgan.
Hozirgi uy quriş rejalarida ham yuqorida aytilgan goʼzal odatlarga amal qiliş mavjud. Ammo baʼzi holatlarda bilimsizlik yoki eʼtiborsizlik oqibatida odamlar özlariga baʼzi noqulayliklar tuğdirib olişadi yoki maskanda yetarli şaroit yaratişga eʼtibor berişmaydi.
Misol uçun, baʼzi qişloq joylarda tahoratxonalar mutlaqo talabga javob bermaydi. Bolalarni çömiltiriş uçun, kattalarning ğusl qilişlari uçun ham alohida şaroit yöq. Biz, musulmonlar bu kabi nuqsonlarga barham berişga harakat qilişimiz lozim.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars

