Ramazon

24-fevral, seşanba (6-kun): Maskan odoblari

Matn24-fevral, 2026, 18:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

24-fevral, seşanba (6-kun)
Iftorlik vaqti: 18:11 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

MASKAN ODOBLARI

«Maskan» sözi «sokinlik topiş joyi» degan maʼnoni anglatadi. Bizda insonning öz oilasi bilan birga yaşaydigan joyi «maskan», yaʼni turar joy, hovli, haram deyiladi. Inson hayotida xavfu xatardan omonlik topiş, issiq-sovuqdan pana topiş, molu mulkini daxlsiz saqlaş, ahli ayoli bilan faroğatda yaşaş, hayotdagi maşaqqatlar va çarçoqlardan dam olib, rohat topiş uçun, qisqa qilib aytganda, barça narsalardan sokinlik topiş uçun bir maskanga muhtoj böladi.

Şuning uçun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keng maskan musulmon kişining saodati omillaridan biri ekanini öz hadislarida eʼlon qilganlar.

Inson dunyo hayotida yaşar ekan, turli holatlarga duç keladi: çarçaydi, asabiylaşadi, dam olgisi keladi, uxlaydi va hokazolar. Şunday paytlarda uning öz uyi ölan-töşagiga aylanadi. Jamoatçilik joylari, safarda, mehmonxona yoki ijaraga turgan yerida kerakli sokinlikni topa olmaydi. Öz uyiga esa bemalol kirib boradi, yeçinadi, orom topadi, hordiq çiqaradi... Şuning uçun ham keng maskan Islomda kişi saodatining omillaridan biriga qiyoslangan.

Alloh taolo Nur surasida marhamat qiladi:

«Ey iymon keltirganlar! Öz uylaringizdan boşqa uylarga to izn söramaguningizça va ularning ahliga salom bermaguningizça kirmanglar. Ana şunday qilmoğingiz sizlar uçun yaxşidir, şoyadki, eslasangiz» (27-oyat).

Uşbu oyati karimaning hukmiga binoan, heç kim birovning maskaniga uning iznisiz kirişi mumkin emas. Kim bu işni qilsa, inson huquqlaridan eng muhim bir haqni poymol qilgan, katta gunoh işni sodir etgan böladi.

Ulamolarimiz birovning uyiga yaşirin nazar soliş haromligi haqidagi hadisga qiyos qilib, birovning gap-sözlarini yaşirinça tinglaş ham haromligiga hukm çiqarganlar. Heç kim birovning iznisiz uning gap-sözlariga yaşirinça quloq solişi mumkin emas. Kim bu işni qilsa, inson huquqlaridan katta bir haqni poymol qilgan böladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek