410 mln sömlik jarima
410 mln sömlik jarima. Savollar köp
Namangan viloyati IIB qiziq video çiqaribdi. Unda aytilişiça, bir “şovvoz” maşinasining raqamini soxta yasab olibdi. Va u şu paytgaça tezlikni oşirgani uçun 152 marta radarga tuşgan, jami qarzdorligi 410 million söm ekan.
Bunaqalar “yöl terroristlari” deyiladi, şunaqa kaltafahmlarning dastidan har yili minglab insonlar halok bölmoqda, qança oila ota-ona yoki farzand doğida kuymoqda.
Lekin bunaqalar baribir yöqolib ketmaydi. Yana yangilari çiqaveradi. Çunki tizim şunga yöl qöyib beradi.
Mana, masalan, şu videoda aytilişiça, 01 T 234 ZA soxta raqamiga 152 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bölsa-da, lekin bu raqam bazada bölmagani uçun jarima qöllaş haqida qaror çiqarişning imkoniyati bölmabdi emiş.
Nima??? Tuşunmadim, şu paytgaça 152 marta soxta raqam radarlarga tuşgan bölsa, lekin u bazada bölmasa, nega uni tezda tekşirmadinglar? Nega köçalarda soxta raqamli bitta maşina tezlikni 152 marta oşirgani qayd etilgan bölsa-da, uni bartaraf etiş çorasini körmadinglar. Nega qidiruvga berilmadi? Nega yöllar tösilmadi?
Bu nima ahmoqgarçilik? Bu qanaqa xavfsizlik? Şumi sizlarning aqlli va zamonaviy tiziminglar? Şumi sizlarning “xavfsiz şahar” konsepsiyanglar?
Raqam bazada yöqligi uçun jarima yozolmayapmiz, deb ikki qölinglarni burninglarga tiqib yuraverasizlarmi şunaqa?
Ertaga birorta haqiqiy terrorist maşinasiga soxta raqam taqib, aholi uçun şunça katta real xavf tuğdirsa ham birorta organ buni aniqlolmasdan yuraverasizlarmi şunaqa?
Bilmadim, nima deyişga ham hayronman. Bunaqa buzuq tizim mavjud ekan, yöllarimiz tartibga kelişini kutiş notöğri.
👉 @xushnudbek 👈


