Fikr

Yuz martadan ortiq qoidalarni buzgan Namangan şahar hokimligiga yaxşi javob qaytarilibdi

Foto22-aprel, 2025, 14:162 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yuz martadan ortiq qoidalarni buzgan Namangan şahar hokimligiga yaxşi javob qaytarilibdi

Namangan şahar hokimi özidan zamonaviy Robin Gud yasamoqçi edi. Nima emiş, ayrim fotoradarlar Nizomga zid örnatilgani uçun yöl qoidalarini buzgan Namangan şahar aholisi moddiy va maʼnaviy zarar körayotgan emiş. Yaʼni hokim janobi oliylari huquqbuzar haydovçilarni öziça himoya qilib, radarlarni öçirişni söragandi.

Uşbu xatga javoban Namangan viloyati YHXB boşliği podpolkovnik M.Gaziyev juda çiroyli javob qaytaribdi, baraka topsin.

Birinçidan, fotoradarlar örnatilişi natijasida oğir oqibatlar kamayayotganini aytgan. Masalan, Davlatobod hamda Yangi Namangan yönalişida ötgan yili 13 ta ölim holati qayd etilgan ekan. Joriy yilda hozirça bironta ölim holati qayd etilmabdi. Ilohim, qayd etilmasin ham.

Balki hokim janobi oliylariga ölib ketgan odamlarning qadri yöqdir, balki şuning uçun huquqbuzar haydovçilarni himoya qilayotgandir, bunisi menga qoronğu.

Ikkinçidan, xatda hokimning öziga bir qança savollar berilgan. Masalan, Namangan şahar hokimligiga tegişli 50 020 DAV raqamli Kaptiva 2024-yildan hozirgaça 47 marta huquqbuzarlik sodir etibdi. Şundan 11 tasining jarimasini (8 mln sömdan ortiq) haligaça tölaşmabdi.

Va yana hokimliklarga tegişli boşqa avtomobillarning 87 ta tölanmagan jarimasi (35 mln sömlik) bor ekan.

Şunda savol tuğiladi. Hokim janobi oliylari balki xalqni emas, köproq özining qöl ostidagi qoidabuzar xodimlarning manfaatini közlab radarlarni öçirmoqçi bölgandir? Oldin özingiz hokim sifatida xodimlaringizni töğri yurişga örgatsangiz bölmaydimi? Yoki hokimlik amaldorlariga hamma narsa mumkinmi? Qoida buziş ham, jarimasini tölamaslik ham sizlarga yaraşaveradi-da, a?

Namangan şaharda radardan boşqa hokim şuğullanadigan jiddiyroq muammo qolmadimi? Işsizlik, jinoyatçilik, moliya-iqtisod, yoşlar bilan boğliq masalalarda hokim janobi oliylarining qiladigan işlari yöqmi?

Men bitta narsadan xavotirdaman. Şarmanda bölganidan aççiği çiqqan hokim janobi oliylari viloyat YHXB boşliği M.Gaziyevga tiş qayrab, uning ustidan “yuqoriga” şikoyat qilişi va unga zarar yetkazişga harakat qilişi mumkin. Bunaqa vaziyatda Içki işlar vazirligi öz xodimini himoya qiladi, degan umiddaman.

👉 @xushnudbek 👈

  • 9 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek