5-mart, payşanba (15-kun): Yoşlik va ijtimoiy muloqot odoblari
5-mart, payşanba (15-kun)
Saharlik vaqti: 05:34
Iftorlik vaqti: 18:22 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
Yoşlik odoblaridan biri kelajakka umid bilan qaraş va yetuk inson böliş uçun harakat qilişdir.
Har bir yoş yigit-qiz öz kelajagi haqida töla va mukammal tuşunçaga ega bölişi hamda hayotdan közlagan maqsadini aniq belgilab olişi kerak. Albatta, aniq va ravşan maqsadga ega böliş himmatni oşiradi hamda öz egasini oliy maqomlarga erişişga çorlaydi.
Şu omillar tufayli yoşlar Alloh taoloning yordami ila özlari, oilalari, xalqlari va butun insoniyat uçun yaxşilik keltiradigan inson bölib yetişadilar.
***
Atrofdagilar bilan goʼzal tarzda yaşaşga intilgan odobli musulmon döstga ham, duşmanga ham özini xor tutmasdan, ularning haybatidan çöçimasdan, kibrdan yiroq ölaroq, ehtirom va tavoze ila muomala qiladi. Barça işlarida mötadil bölişga harakat qilib, bir tarafga oğib ketmaydi.
***
Odobli kişi jamoatçilik içida bölganida, atrofga alanglamaydi, ötirganida, bölar-bölmasga hadeb tipirçilamaydi. Barmoqlarini bir-birining içiga kiritmaydi, soqolini va uzugini öynamaydi. Tişlarini kavlamaydi, barmoqlarini burniga suqmaydi. Atrofiga tupurmaydi, tomoq qiravermaydi, kerişmaydi va odamlarning yuziga qarab esnamaydi.
***
Kiyiniş borasida yasanişga öç bölmaydi. Şuningdek, öta xarob, xunuk darajada kiyinmaydi. Xuşböylik işlatişda haddidan oşmaydi.
***
Musulmon kişi molini obrösidan ustun qöymaydi. Molining miqdorini birovga bildirmaydi. Çunki boşqalar molning ozligini bilsalar, past sanaşlari, agar köpligini bilsalar, tama' qilişlari mumkin.
***
Kişilar huzuridagi viqori qöpollik, muloyimligi zaiflik darajasiga yetmaydi. Özidan past darajadagilar bilan hazillaşmaydi. Çunki bu narsa uning viqorini tuşiradi. Hojatini çiqarişda özini pastga uradigan darajada öta yalinçoq bölmaydi.
***
Heç kimni zulmga çorlamaydi.
Biror kişi bilan tortişib qolganda, viqor bilan turadi. Jahlni çetga suradi, şoşilmaydi. Gapiga hujjatini yaxşilab öylab olib, söng gapiradi. Suhbat asnosida qöl siltaşni köpaytirmaydi, orqasidagilarga qarayvermaydi. Tizzalab ötirmaydi. Aççiğidan tuşganidan keyin, ohista gapiradi.
***
Mansabdor şaxs uni öziga yaqin olsa, u bilan xuddi nayzaning uçida turgandek, ehtiyotkorlik ila muomalada böladi. U biror gapi yoki hatti-harakati özining ziddiga bölib qolişi ham mumkinligini unutmaydi. Mansabdorga xuddi yoş bolaga muloyimlik körsatgandek muomalada böladi.
***
Faqat xursandçiliklarida, mansabi yoki boyligi bölganidagina, döst tutinadiganlardan ehtiyot böladi. Çunki bunday kişilar duşmanlarning duşmani böladi.
***
Avomunnos – omi odamlar bilan ötirganda ularning gapiga şönğib ketmaydi. Ularning miş-miş va uydirmalariga unça eʼtibor bermaydi. Beodob lafzlariga nisbatan özini bilmaganga soladi.
***
Noörin hazil va mazaxdan ehtiyot böladi. Aqlli odamni mazax qilsa, uning nafratiga uçraydi, esipastni mazax qilsa, uni özi bilan teng körgan böladi. Mazax kişidan haybatni ketkazadi va yuzni şuvut qiladi. Şuningdek, u hiqdu hasadga va döstlik halovatining ketişiga sabab böladi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars

