14-kun: Yoşlar odobi
4-mart, çorşanba (14-kun)
Saharlik vaqti: 05:35
Iftorlik vaqti: 18:21 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
YOŞLAR ODOBI
Inson hayotining har bir bosqiçi muhimdir. Mazkur muhim bosqiçlar içida umrning yoşlik bosqiçi alohida ahamiyatga egadir. Yoşlik inson umridagi eng nozik davr hisoblanadi. Yoşlik insonning quvvatga tölgan va harakatçanligi ziyoda bölgan vaqtidir.
Qurʼoni karimda Alloh taolo sodiq mömin bandalarini sifatlaşda ularning yoş ekanliklarini taʼkidlagani ham kelgan.
Yoşlik davri inson uçun berilgan ilohiy neʼmatlardan biri bölib, inson mazkur neʼmatga şukr qilişi, bunda aslo noşukr bölmasligi zarurdir.
Yoşlik odoblaridan eng muhimi ota-onaga yaxşilik qilişdir.
Qurʼoni karimda ota-onaga yaxşilik qiliş qançalar oliyjanob iş ekanini bayon etuvçi oyatlar köpligini hozirgi kunda musulmon bölmagan kişilar ham yaxşi biladigan bölib ketişdi.
Agar mazkur oyatlar töla keltirib ötilganida, yaxşi bölur edi. Ammo gapni çözmaslik maqsadida faqat imom Buxoriy uşbu bobga sarlavha qilib olgan oyat bölagini va uning qisqa tafsirini taqdim etiş bilan kifoyalanamiz.
Alloh taolo Ankabut surasida marhamat qiladi:
«Va insonga ota-onasiga yaxşilik qilişni tavsiya qildik» (8-oyat).
Yoşlik odoblaridan biri yoşi uluğlarni ehtirom qiliş va ularning tajribasidan foydalanişdir.
Yoşlar özidan katta yoşdagi har bir kişini, xususan, qari yoşdagi otaxon va onaxonlarni ehtirom qilişi zarurligi dinimizda katta ahamiyat berilgan odoblardan biridir. Uşbu haqiqat Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bir qança hadisi şariflarida öz ifodasini topgandir.
Yoşlik odoblaridan biri oliyjanob axloqlarga ahamiyat berib, ular bilan xulqlanişdir.
Musulmon yoşlar goʼzal axloq bilan xulqlaniş borasidagi barça zarur işlarni amalga oşirişga tinimsiz harakat qilişlari lozim. Zotan, yaxşi xulq har bir insonning ziynatidir.
Dinlarning mukarrami va mukammali bölmiş Islom yoşlarni goʼzal axloq asosida tarbiyalaşni eng muhim vazifa darajasida köradi. Çunki jamiyat aʼzolarining yaxşi xulqli, halol va pok bölişini orzu qilsagu, ammo öşa jamiyatning kelajagi bölmiş yoşlar tarbiyasi haqida qayğurmasak, niyatlarimiz sarobligiça qolaveradi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
