8-mart, 18-kun: Yölovçining odoblari
8-mart, yakşanba (18-kun)
Iftorlik vaqti: 18:25 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]
YÖLOVÇINING ODOBLARI
Haydovçining öziga yaraşa odoblari bölgani kabi, naqliyot vositalaridan foydalanuvçi yölovçining ham öziga yaraşa odoblari bor. Ular, jumladan, quyidagilardan iborat:
Yölovçi şaxsiy yoki jamoat foydalanadigan naqliyot vositasiga çiqişda yaxşi niyat bilan «bismillah»ni aytib, öng oyoğini oldin bosib çiqişi odobdandir.
Zotan, musulmon inson özining barça işlarida «bismillah»ni aytadi va öng taraf bilan iş boşlaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şunday qilganlar.
Yölovçining jamoatçilik naqliyot vositasiga çiqişda tartibga rioya qilişi yuksak odobdir.
Bunda bekatga yetib keliş asosidagi tartibga binoan çiqiladi. Yaʼni bekatga avval yetib kelgan odam oldin çiqadi.
Yölovçi naqliyot vositasiga çiqişdan oldin oyoq kiyimining tozaligini yölga qöyişi ham odobdandir.
Oyoq kiyimidagi nopok narsa, loy va boşqalar bilan naqliyot vositasiga çiqsa, xuddi birovning uyiga yoki jamoatçilik joyiga tozalanmagan oyoq kiyimi bilan kirganga barobar böladi. Bu esa musulmon insonga mutlaqo töğri kelmaydi.
Yölovçi naqliyot vositasiga çiqayotib, undagi kişilarga salom beradi.
Salomlaşiş odobi şuni taqozo qiladi. Biror joyga kiruvçi kişi undagi şaxslarga, ozçilik köpçilikka salom beradi.
Yölovçi naqliyot vositasiga çiqqanda, ötiriş joyi avvaldan (çiptada) belgilangan bölsa, öşa joyga ötiradi.
Baʼzi jamoat naqliyot vositalarida yölovçining ötiriş joyi avvaldan belgilab qöyiladi. Yölovçining öşa belgilab qöyilgan joyiga ötirişi odobdandir. Boşqa birovning joyiga ötirib oliş beodoblik va ötaketgan madaniyatsizlikdir.
Yölovçi naqliyot vositasiga çiqqanda, ötiriş joyi avvaldan belgilanmagan bölsa, birinçi duç kelgan böş joyga ötirişi odobdandir.
Bu barça jamoatçilik joylarida ham rioya qilinadigan işlardandir. Çunki böş joy tursa-da, odamlarni bezovta qilib, öziga alohida joy axtariş köpçilikka malol kelişi mumkin.
Yölovçi naqliyot vositasiga minganda, «miniş duosi»ni öqişi lozim.
Bu duo yuqorida keltirildi va uni yodlab oliş har bir yölovçi uçun zarur. Hozirda bu duoni naqliyot vositalariga ilib qöyiş ham urf bölib bormoqda. Albatta, bu juda yaxşi iş sanaladi.
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars
