Aholiga va maktab/boğçalarga yönaltirilgan gazga özboşimçalik bilan ulangan tsement zavodi gazdan uzib qöyildi
Aholiga va maktab/boğçalarga yönaltirilgan gazga özboşimçalik bilan ulangan tsement zavodi gazdan uzib qöyildi
Ijtimoiy tarmoqlarda gaz ulab berişni sörab köçaga çiqqan xodimlar videosi tarqalgandi. “Hududgaz Farğona” bu böyiça maʼlumot berdi.
Unga köra, Özbekiston tumani «Şörsuv» şaharçasidagi «Şörsuv tsement» (Albus) korxonasining işçilari öz korxonalarini tabiiy gazdan uzmasliklarini sörab çiqişgan.
Vaholanki, Respublika hududi böylab magistral gaz quvurlaridagi bosim minimal qiymatgaça kamayib ketganligi sababli birinçi navbatda ijtimoiy soha obyektlari, jumladan maktablar, boğçalar, tibbiyot muassasalarini tabiiy gaz bilan taʼminlaşda bosimni barqaror uşlab turiş uçun vaqtinçalik çoralar körilmoqda.
Bu vaqtinçalik çoralar doirasida nafaqat «Şörsuv tsement» uçun, balki uşbu hududdagi «Turon Eko Tsement», «Turon PFK», «Şaffofsement sanoat», «Quruliş aşyo Sifat» MÇJlarga qaraşli işlab çiqariş korxonalari qonun doirasida 2022-yil 27-noyabr kuni tabiiy gaz tarmoğidan muhrlaş yöli orqali uzilgan.
Şunga qaramasdan joriy yilning 29-noyabr kuni yuqorida nomlari körsatib ötilgan ulgurji isteʼmolçilar tabiiy gaz tarmoğidan uzilganlik holati qayta nazorat qilinganda özboşimçalik bilan tabiiy gaz tarmoğiga qayta ulanib, tabiiy gazdan foydalanayotganligi aniqlangan.
Şuningdek, murojaatda nomi zikr etilgan “Knauf” korxonasi ham işlab çiqariş uçun tabiiy gaz olmayotgani maʼlum qilingan.
👉 @xushnudbek 👈


