Muhim

Akmal Şukurovning jazosini yengiliga almaştirib, ozodlikka çiqargan sudyalar qamoqqa olindi

Matn13-yanvar, 2026, 20:372 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Akmal Şukurovning jazosini yengiliga almaştirib, ozodlikka çiqargan sudyalar qamoqqa olindi

Bu haqda Boş prokuratura bayonot berdi.

Toşkent şahar sudi raisi sobiq örinbosari Murodjon Mirzajonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-modda 2-qismi, 236-modda 2-qismi bilan hamda jinoyat işlari böyiça şahar sudining sobiq sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muxtarama Turgunovalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-modda 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Iş hujjatlariga köra, A.Şukurov juda köp miqdorda özganing mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş, bezorilik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatlarini sodir etganligi yuzasidan jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudining hukmiga köra, Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Sudlanuvçi A.Şukurov yuqoridagi hukmdan norozi bölib, sudga qilgan apellyatsiya şikoyati apellyatsiya instantsiyasining sudyalari O.Ilhomjonov, M.Abidov va M.Turgunovalar tomonidan körib çiqilib, birinçi instantsiya sudining hukmini özgartiriş, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi bilan almaştiriş töğrisidagi xulosaga kelişgan.

Biroq, Toşkent şahar sudi raisi örinbosari M.Mirzajonov mansab mavqeidan foydalangan holda, işni har tomondan, töla va xolisona körilişiga tösqinlik qilib, sud işlariga aralaşib, sudyalarga qonunga xilof ravişda taʼsir ötkazişi oqibatida, sudyalar O.Ilhomjonov, M.Abidov va M.Turgunovalar uning topşiriği noqonuniy ekanligini oldindan bila turib, odil sudlovni amalga oşiriş va qaror qabul qilişda mustaqil bölsalar-da, javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga amal qilmasdan, birinçi instantsiya sudining hukmini özgartirib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, qamoq ehtiyot çorasi bekor qilingan holda, jazoni uzil-kesil 3 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaşga almaştirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib, oğir oqibatlarga sabab bölgan noqonuniy va adolatsiz ajrim çiqarişgan.

Yuqoridagilarga köra, jinoyat işi doirasida şahar sudi raisi sobiq örinbosari M.Mirzajonov hamda jinoyat işlari böyiça şahar sudining sobiq sudyalari O.Ilhomjonov, M.Abidov va M.Turgunovalar ayblanuvçi tariqasida işga jalb qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari Boş prokuratura tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot örnida, Toşkent şahar prokuraturasi protesti asosida A.Şukurovga oid iş şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati tafş iş instantsiyasida körilib, tegişli ajrim bilan protest qanoatlantirilgan va birinçi instantsiya sudining hukmi özgartirilib, apellyatsiya instantsiyasining ajrimi bekor qilinib, A.Şukurovga 5 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan va sud zalidan qamoqqa olinib, unga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlangan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek