Askarlarga harbiy qismning özida oliygohga kiriş imtihoni topşiriş imkoni beriladi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzXavfsizlik kengaşi yiğilişida harbiylar maoşi va ustamalarini oşiriş hamda Mudofaa doktrinasini yangilaş böyiça muhim qarorlar eʼlon qilindi.❗️Askarlarga muddatli harbiy xizmat davrida harbiy qismning özida oliygohga kiriş imtihoni topşiriş imkoni beriladi, kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi
Bunda test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanişi bilan oliygohda öqişni boşlaydi.
Şuningdek, yoşlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:
➖ harbiy qismlardagi asosiy yönaliş va mutaxassisliklardan kelib çiqib, askarlarni kasbga tayyorlaş böyiça 3-6 oylik dasturlar işlab çiqiladi. Dasturni yakunlagan askarlar malaka imtihonidan ötkazilib, ularga kasb sertifikati beriladi;
➖ har yili 5 ming askar saralab olinib, “Bir million dasturçi” va “Beş million sunʼiy intellekt yetakçisi” dasturlari doirasida öqitiladi;
➖ şu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy öquv yurtlarida tahsil olmoqçi bölgan yoşlarga xorijiy til va fan sertifikati oliş xarajatlari qoplab beriladi;
➖ armiyadan qaytgan yoşlar oliygohlarga kontraktga öqişga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi;
➖ muddatli harbiy xizmatni ötab bölgandan söng, tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagida bölgan yoşlarning kredit xarajati 6 foizi davlat tomonidan qoplanadi;
➖ davlat taşkilotlariga işga kirmoqçi bölgan yoşlar uçun Boşqaruv samaradorligi agentligi tomonidan ötkaziladigan test ballariga 10 foizlik imtiyoz beriş amaliyoti joriy qilinadi;
➖ xususiy sektorda faoliyat yuritmoqçi bölgan yoşlarga kasbni egallaş va sertifikat oliş xarajatlari tölab beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 8 Telegram Stars
