Muhim

Angrenda sodir bölgan YTHda 7 kişi halok böldi

Albom7-sentabr, 2025, 19:433 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Angrenda sodir bölgan YTHda 7 kişi halok böldi

Hodisa bugun, 7-sentyabr kuni soat 12:20 larda Toşkent viloyati Angren şahri hududidan ötgan A-373 “Toşkent-Öş” xalqaro avtomobil yölining 93 kilometrida sodir bölgan.

Sement taşuvçi “Shacman” rusumli yuk maşinasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib, temiryöl kesişmasida töxtab turgan ikkita yuk maşinasi hamda beşta yengil maşina bilan töqnaşgan.

Hodisa oqibatida 7 nafar fuqaro voqea joyida halok bölgan, 5 nafari turli tan jarohatlari olgan. Şuningdek, 4 nafar fuqaroga tibbiy yordam körsatilib, uylariga javob berilgan.

Hozirda bu böyiça boş vazir örinbosari A.Ramatov boşçiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan bölib, voqea tafsilotlari örganilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉@xushnudbek👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek