Tuşuntiriş

Aqaba jarayoni nima va Ostonada qanday masalalar muhokama qilinadi?

Matn6-noyabr, 2026, 10:301 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 14,6 ming

❓ Aqaba jarayoni nima va Ostonada qanday masalalar muhokama qilinadi?

Bugun 🇰🇿 Qozoğistonning Ostona şahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Aqaba jarayoni doirasidagi uçraşuvi bölib ötadi. Unda Prezident Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etadi.

Aqaba jarayoni — 2015-yilda 🇯🇴 Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro taşabbus. Bu xalqaro taşkilot emas, balki terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşda tajriba va axborot almaşiş uçun muloqot maydonidir.

ℹ️ Sönggi vaqtlarda jarayon kun tartibida yangi texnologiyalar bilan boğliq tahdidlarga eʼtibor kuçaymoqda:

➖ dronlar: 2026-yil fevralida Buyuk Britaniyadagi Sandxerst harbiy akademiyasida havo makoni xavfsizligi va dron texnologiyalariga oid qonunçilikni yangilaş masalalari körib çiqildi;
➖ onlayn öyinlar: 2026-yil iyunida BMTda Yevropa Ittifoqi va Iordaniya taşabbusi bilan terrorçilarning öyin platformalaridan radikallaşuv va yollaş uçun foydalaniş xavfi muhokama qilindi;
➖ sunʼiy intellekt: Ostonadagi uçraşuv aynan şu mavzuga, yaʼni sunʼiy intellektdan terrorçilik va ekstremistik maqsadlarda foydalanişga qarşi kuraşga bağişlanmoqda.

🇺🇿 2025-yilda Özbekiston yetakçisi Iordaniya Podşohi bilan ötkazgan muzokaralarida Aqaba jarayoni taşabbusini yuqori baholab, navbatdagi yiğilişlardan birini Samarqandda ötkazişni taklif qilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek761 ming obunaçi