Muhim
Özbekistonda aholiga suyultirilgan gaz va kömir yetkazib berilişini IIV nazorat qiladi
Foto6-noyabr, 2026, 11:401 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 34 ming
❗️Özbekistonda aholiga suyultirilgan gaz va kömir yetkazib berilişini IIV nazorat qiladi
Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini kömir, tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlaş, şuningdek, korrupsiya va talon-torojliklarning oldini oliş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Unda IIOning sohaviy xizmatlari va hamkor taşkilotlar mutasaddilariga quyidagi vazifalar belgilab berildi:
➖ Hududlarda taʼminot bilan boğliq muammolarni örganiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş;
➖ Energetika mahsulotlarining temir yöl orqali taşilişida yuklar butligi va manzilga yetib borişini nazorat qiliş, ularni taşuvçi transport vositalari harakatining xavfsizligini taʼminlaş;
➖ Gaz töldiriş şoxobçalari, omborlar va taqsimlaş bazalarida qöriqlaşni kuçaytiriş, moddiy boyliklarning talon-toroj qilinişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş;
➖ “Hududgaztaʼminot” AJ bilan hamkorlikda suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga öz vaqtida yetkazib beriş, mahsulot hajmi va taqsimotining hisobini yuritiş, taʼminotdagi uzilişlar sabablarini aniqlaş hamda isteʼmolçilar murojaatlarini hal etiş;
➖ Transport vazirligi bilan birgalikda energetika mahsulotlarini taşiş logistikasi va belgilangan yönalişlarga rioya etilişini nazorat qiliş.
👉 @xushnudbek 👈


