Samarqand — Buxoro yönalişida pulli avtomobil yölini quriş rejalaştirilmoqda
📍 Samarqand — Buxoro yönalişida pulli avtomobil yölini quriş rejalaştirilmoqda
Bu haqda Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida ötkazilgan hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş va aholi turmuş darajasini oşiriş masalalari yuzasidan yiğilişda maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, sement-beton qoplamali uşbu yöl ikki şahar örtasidagi safar vaqtini hozirgi beş soatdan bir yarim soatgaça qisqartiriş imkonini berişi kutilmoqda. Şu yönalişda tezyurar poyezd uçun yangi temir yöl liniyasi ham közda tutilgan.
Prezident mutasaddilarga avtomobil va temir yöl loyihalarining master-rejalarini yakunlaş, hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaş böyiça topşiriq berdi.
👉 @xushnudbek 👈


