Botanika boğini Toşkent şahar hokimligi huzuridagi muassasaga ötkaziş taklif qilindi
Botanika boğini Toşkent şahar hokimligi huzuridagi muassasaga ötkaziş taklif qilindi. Eʼtirozlardan söng, bu taklif bekor böldi
Fanlar Akademiyasiga qaraşli, 65 gektar yer maydoniga ega Botanika boğini Toşkent şahar hokimligi huzurida taşkil etiladigan “Istirohat boğlarini boşqariş direksiyalari” davlat muassasasi balansiga ötkaziş töğrisida Hukumat qarori loyihasi işlab çiqilgan.
Loyiha jamoatçilikning keskin eʼtiroziga sabab böldi.
Fanlar Akademiyasi bayonot berib, uşbu loyihani nihoyatda salbiy ruhda qabul qilgani, tegişli tartibda masʼul taşkilotlarga eʼtirozlarni yetkazgani, şuningdek “Botanika boği”ni loyihadagi röyxatdan çiqarib taşlaşni qatʼiy talab qilişgani haqida maʼlum qildi.
Şuningdek, Ekopartiya ham loyihaga qarşi munosabat berib, Botanika boğiga Milliy boğ maqomini beriş orqali uning nufuzini va muhofazasini kuçaytiriş kerakligini maʼlum qilgan.
Öz navbatida Toşkent şahar hokimligi ham bayonot bilan çiqdi hamda Botanika boği hokimlik balansiga ötkazilmasligini maʼlum qildi. Bayonotda aytilişiça, bu taklif hokimlikdan çiqmagan, balki Davlat aktivlarini boşqariş agentligining taşabbusi bölgan.
“Hokimlik uşbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asraş, ösimliklar genofondini saqlaş va köpaytirişdagi ahamiyatini eʼtirof etadi va uni istirohat boğiga aylantirişga yöl qöymaydi”, — deyiladi Toşkent şahar hokimligi bayonotida.
👉 @xushnudbek 👈

