Bu yurtda zerikib qolmaydi odam
Bu yurtda zerikib qolmaydi odam.
Qöqon pedagogika instituti talabalar turar joyida qizlarning xonasiga yaşirin kamera örnatişibdi.
Bu yaşirin kamerani Talabalar turar joyi komendanti boşçiligidagi ustalar örnatgan. Qizlarga esa Wi-Fi yaxşi işlamayotgani uçun kuçaytiradigan qurilma qöyyapmiz deb yolğon gapirişgan.
Bu voqeani eşitgan qizlarning uydagilari şubhalanişgan va xona burçagiga örnatilgan öşa matohni oçib körişni aytişgan. Qizlar oçib körsa — bu yaşirin kamera ekan!
Unga 128 Gb “fleşka” ham örnatilgan. “Fleşka” içida esa qizlarning yalanğoç bölib, kiyim almaştirayotgan videolari ham yozilib qolingan tasvirlar bor ekan. Uşbu yaşirin kamera nafaqat yozib oladi, balki Wi-Fi orqali masofadan tasvirlarni uzatib ham turgan, deyişibdi mutaxassislar.
Qizlar bu haqda prorektor va rektorga arz qilib, özlari baloga qolib ketay deyişgan.
«Rektor bizni eşitib, «yaşirin kamera ekanini qayoqdan bilaqoldinglar?» dedi. Biz uni oçib mutaxassisga körsatganimizni aytdik. «Xonalaringga örnatib ketilgan institutning mulkini oçib körişga nima haqlaring bor? Balki özlaring örnatgandirsizlar», deb öşqirdi rektor bizga», – deyişdi qizlar.
Qizlar 102 ga şikoyat qilişgan, Prezident portaliga ariza yozişgan. Iş örganilayotgan ekan.
Şu uyatsizlar bizning yoş avlodga dars berib, bölajak pedagoglarni tarbiyalab yurişibdi, afsuski. Bu kuningdan har balo bölganing yaxşimasmi, şarmandalar?
👉 @xushnudbek 👈


