Muhim

Imarat Development böyiça jinoyat işi qözğatildi, tergov nazoratga olindi

Foto1-noyabr, 2026, 12:061 daqiqa17 köriştahrirlangan

Imarat Development böyiça jinoyat işi qözğatildi, tergov nazoratga olindi

Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şoh köçasida ofisi joylaşgan «Imarat Development» MÇJ faoliyati yuzasidan bir neça fuqaro tomonidan işonçsizlik bildirilib, jamiyat rahbariyatiga nisbatan qonuniy çora köriş söralgan. Mazkur murojaatlar yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan ötkazilgan tekşiruv davomida quyidagilar aniqlangan:

«Imarat Development» MÇJ tomonidan qurilişi rejalaştirilgan köp qavatli turar joy binolari Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumani hududida joylaşgan. Uşbu turar joylar Toşkent viloyati hududida qurilayotgani sababli ayrim fuqarolar norozilik bildirib, xonadonlar uçun amalga oşirgan tölovlarini qaytarişni sörab, MÇJ rahbariyatiga murojaat qilişgan, biroq tölovlar qaytarilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik»), 192-11-moddasi («Nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiisteʼmol qiliş») alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği hamda prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek778 ming obunaçi