Davlat taşkilotlarining kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislari har ikki yilda malaka oşiradi
❗️Davlat taşkilotlarining kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislari har ikki yilda malaka oşiradi
Hukumat qaroriga köra, davlat organlari hamda davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarning kiberxavfsizlikka masʼul xodimlari “Cyber university”da öqitiladi.
➖ malaka oşiriş majburiy bölib, har ikki yilda kamida bir marta ötkaziladi va kurs davomiyligi 144 soat böladi, yakunida sertifikat beriladi;
➖ zarurat bölsa, xodimlar kamida 576 soatlik qayta tayyorlaş kursiga ham yuborilişi mumkin, unda diplom beriladi;
➖ xorijiy kiberxavfsizlik sertifikatiga ega mutaxassislar sertifikatning amal qiliş muddati davomida malaka oşirişga jalb etilmaydi;
➖ yakuniy imtihondan öta olmaganlar uni bir marta qayta topşirişi mumkin, ikkinçi marta ham öta olmasa, sertifikat yoki diplom berilmaydi.
Xarajatlar xodimni malaka oşirişga yuborgan taşkilotning byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan qoplanadi. Uşbu tizim 1-noyabrdan joriy etildi.
👉 @xushnudbek 👈

