Tezkor

Toşkentda qozoğistonlik bolalar zaharlangani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

Matn3-noyabr, 2026, 14:391 daqiqa1 köriş
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzIqtibos: Toşkentdagi futbol musobaqasiga kelgan 17 nafar qozoğistonlik ovqatdan zaharlandi Bu haqda Qozoğistonning Özbekistondagi elçixonasi xabar berdi. Qayd etilişiça…

Toşkentda qozoğistonlik sportçi bolalar va ularning yaqinlari zaharlangan holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi

Boş prokuratura maʼlumotiga köra, Çilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276¹³-moddasi (“Sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş”) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

SSVning maʼlum qilişiça, bolalar va ularning yaqinlari Toşkentdagi mehmonxonada nonuştaga yarim qovurilgan tuxum va sosiska isteʼmol qilgan. Şifoxonaga keltirilganlar soni jami 20 nafarga yetgan, ularga “ötkir diareya” dastlabki taşxisi qöyilgan.

Hozirda 2 kişiga uyiga ruxsat berilgan, qolganlarining ahvoli barqaror. Reanimatsiyada davolanayotganlar yöq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek774 ming obunaçi