Toşkentdagi futbol musobaqasiga kelgan 17 nafar qozoğistonlik ovqatdan zaharlandi
Toşkentdagi futbol musobaqasiga kelgan 17 nafar qozoğistonlik ovqatdan zaharlandi
Bu haqda Qozoğistonning Özbekistondagi elçixonasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, 1-noyabr kuni “Döstlik Cup – 2026” xalqaro bolalar futbol musobaqasiga Qozoğistonning Qarağanda viloyatidan kelganlardan 19 nafari tibbiy yordam sörab, murojaat qilgan.
Ulardan 17 nafari (11 nafar bola va 6 nafar kattalar) 5-sonli şahar klinik yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.
Barça bemorlarning ahvoli hozirda barqaror va ularga zarur muolajalar körsatilayotgani bildirildi.
Qozoğiston elçixonasi vakillari bemorlarning holidan xabar olgan va ularning ota-onalari bilan uçraşgan. Zaharlaniş sabablari va davolaş jarayoni ikki mamlakat Soğliqni saqlaş vazirliklari masʼullari tomonidan nazoratga olingan.
👉 @xushnudbek 👈

