Telegramda virus tarqamoqda!
📢 Telegramda virus tarqamoqda!
Yoş bolasi borlarga 2 mln sömdan pul berilyapti yoki 50 mln sömgaça hujjatsiz 0% kredit berilyapti, özim oldim, degan yolğon xabarlar tarqatilmoqda.
❗️Aslida bu firibgarlar tuzoği bölib, pul olaman deb plastik kartangiz raqamini kiritsangiz, aksinça sizning pulingizni yeçib olib qöyişadi.
Eng qiziği bu kabi xabarlar kontaktingizdagi biror taniş insondan kelayotgan bölişi ham mumkin. Gap şundaki, mana şunaqa soxta xabarga işonib, pastdagi manzilga kirsangiz, Telegram profilingiz boşqaruvi firibgarlar qöliga ötib ketmoqda. Keyin esa maxsus botlar sizning nomingizdan hammaga mana şunaqa xabar yuborib çiqadi. Buni siz nazorat qila olmay qolasiz. Profilni öçirişdan boşqa çora qolmaydi.
⚠️Iltimos, internetda duç kelgan tekin narsaga işonavermang. Tekin pul, tekin nafaqa, tekin sovğa, tekin aksiya, tekin kredit va h.k. Bularning deyarli barçasi yolğon. Şubhali manzillarga hatto qiziqiş uçun ham kirib körmang. Yaqinlarni ham ogohlantirib qöying.
#firibgar
👉 @xushnudbek 👈

