Tushuntirish

Eşak göştini isteʼmol qilişga ruxsat berildimi?

Matn18-sentabr, 2024, 18:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Eşak goʼştini isteʼmol qilişga ruxsat berildimi?

✔️Qisqa javob: yöq, bunday qonun haqida heç qanaqa gap-söz yöq.

✅ Batafsil javob: keça Qonunçilik palatasining majlisida “Hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş va kuzatiş töğrisida”gi qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan körib çiqildi.

Qonun loyihasi bilan jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan saqlanadigan (parvariş qilinadigan) va urçitiladigan uy hayvonlari – qoramol, qöy va eçki, çöçqa, ot, eşak, tuya, it, muşukni identifikatsiya qilinişi (vizual yoki elektron birkalarni hamda elektron mikroçiplarni hayvonlarga örnatiş) nazarda tutilgan.

Spiker örinbosari Odiljon Tojiyevning maʼlum qilişiça, qonun loyihasida eşak goʼştini isteʼmol uçun işlatiladigan goʼşt toifasiga kiritiş nazarda tutilmagan.

❗️Umuman bu qonun “goʼşt isteʼmoli” haqida emas, balki hayvonlarni identifikatsiya qiliş, röyxatga oliş, kuzatiş munosabatlarini tartibga soladi. Jaydari tilda aytganda, hayvonlarga mikroçipli sirğalar taqiladi va ularning elektron reyestri yaratiladi, hisobi olinadi va harakati kuzatiladi.

Qonun loyihasida turli kasalliklar tarqalişining oldini oliş hamda epizootik osoyiştalikni taʼminlaş maqsadida eşak, it, muşuklarni ham identifikatsiya qilinişi taklif etilmoqda. Ammo bu aslo ularning goʼştini isteʼmol qilişga ruxsat berildi, degani emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek