Muhim

Özbekistonda öziga begona şaxslarga xayriya yiğiş taqiqlanişi mumkin

Matn26-fevral, 2025, 09:291 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Özbekistonda öziga begona şaxslarga xayriya yiğiş taqiqlanişi mumkin

Bu böyiça qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.

Unga köra, köngillilar tomonidan homiylik xayriyalarini yiğişning aniq tartibi belgilanmoqda.

💳 Bunda jismoniy şaxslar faqat özi yoki yaqin qarindoşi uçun xayriya mablağlarini yiğişi mumkin böladi. Köngillilar öziga begona bölgan şaxslar uçun xayriya yiğişda faqat eʼlon beriş bilan kömaklaşişi mumkin.

💰 Agar xayriya naqd pul şaklida yiğiladigan bölsa, buni faqat xayriya qutisi yordamida yoki homiylik taşkilotlari, homiylikni amalga oşiruvçi yoki oluvçi yuridik şaxslarning bank hisobvaraqlariga pul ötkaziş yöli bilan amalga oşiriş lozim böladi.

🚙 Agar xayriya mol-mulk şaklida yiğilsa, qabul qilib olingan mol-mulk röyxati şakllantiriladi hamda uning turi, miqdori körsatilgan holda dalolatnoma tuziladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek