Rasman

Farğona tumani çegara oldi hududida sodir bölgan holat yuzasidan Çegara qöşinlarining rasmiy bayonoti

Matn16-oktabr, 2023, 19:241 daqiqa0 koʻrish

Farğona tumani çegara oldi hududida sodir bölgan holat yuzasidan Çegara qöşinlarining rasmiy bayonoti

Joriy yilning 16-oktyabriga ötar keçasi Farğona viloyatining Farğona tumani “Vodil” aholi punktida öz xizmat vazifasini ötayotgan Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari tomonidan “Böston” mahalla fuqarolar yiğini hududidan harakatlanib kelayotgan mahalliy fuqarolar A.M. va O.Y. ismli şaxslar boşqaruvidagi avtotransport vositasi töxtatilib, belgilangan tartibda körikdan ötkazilganida mazkur avtotransport vositasining salon qismida mamlakat hududiga noqonuniy ravişda olib kirilgan tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlangan.

Uşbu holatga aniqlik kiritiş maqsadida Çegara qöşinlari bölinmasiga boriş taklif etilganida, fuqarolar A.M. va O.Y. hamda voqea sodir bölgan hudud yaqinida yiğilgan ularning ön nafarga yaqin şeriklari, spirtli içimlik taʼsirida harbiy xizmatçilarning qonuniy talablariga böysunmaganlar va çegaraçilarga faol qarşilik körsatib, ularga nisbatan kuç işlatişgan. 

Natijada harbiy xizmatçilar turli körinişdagi tan jarohatlarini olgan. Qarşilik körsatayotgan kuçlar teng kelmaganligi bois, çegaraçilar fuqarolarning noqonuniy harakatlarini töxtatiş maqsadida ogohlantiruvçi öq uzişiga qaramasdan, ular ğayriqonuniy hatti-harakatlarini davom ettirganlar.

Ogohlantirişdan töğri xulosa qilmay, harbiy xizmatçilarga faol qarşilik körsatişda davom etgan fuqarolarning ikki nafari qurol qöllanilişi natijasida voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat böyiça tegişli huquq-tartibot idoralari tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.

Manba: ÖzA (@uzauz)

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek