Elektr tarmoğidagi avariya sabab Farğona vodiysida elektr taʼminotiga vaqtinçalik çeklovlar kiritiladi
❗️Elektr tarmoğidagi avariya sabab Farğona vodiysida elektr taʼminotiga vaqtinçalik çeklovlar kiritiladi
19-noyabr kuni soat 06:19 da Sirdaryo IESdan Farğona vodiysiga elektr uzatuvçi, Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli “L-503” elektr tarmoğida avariya yuz berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, noqulay ob-havo sabab elektr uzatiş tarmoği tayançlaridan biri qulagan. Natijada avtomatik himoya tizimi işga tuşib, elektr uzatiş vaqtinça töxtagan.
Taʼmirlaş işlari yakunlangunga qadar Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotiga vaqtinçalik çeklovlar kiritiladi. Hozirda Özbekiston va Tojikiston mutaxassislari avariya oqibatlarini bartaraf etiş ustida işlamoqda.
ℹ️ Maʼlumot uçun, vodiyga elektr energiyasi boşqa tarmoqlar orqali ham yetkazib beriladi. Xususan, Farğona viloyatiga “Yangi Angren” IESdan çiquvçi 500 kV kuçlanişli “L-524” tarmoği orqali ham elektr uzatiladi.
👉 @xushnudbek 👈
