Gruziyada Özbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş masalasi muhokama qilindi
🇺🇿🇬🇪Gruziyada Özbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qiliş masalasi muhokama qilindi
Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Gruziya elçisi David Kotaria bilan uçraşuv ötkazdi.
Unda Gruziyada Özbekiston fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, konsullik-huquqiy yordam körsatiş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda ikki mamlakat vakolatli organlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Fuqarolarning migratsiya qonunçiligi talablari, mamlakatga kiriş va unda böliş qoidalari, şuningdek, noqonuniy migratsiyaning oldini oliş çoralari yuzasidan xabardorligini oşiriş muhimligi taʼkidlandi.
Avvalroq Gruziya 91 nafar noqonuniy migrantni mamlakatdan çiqarib yuborgani, ular orasida Özbekiston fuqarolari ham borligi maʼlum qilingan edi. Statistikaga köra, 2026-yil boşidan buyon mamlakatdan deportatsiya qilinganlar soni 3,7 mingdan oşgan.
“Uzbekistan Airways” maʼlumotiga köra, 2026-yilning dastlabki 9 oyida Gruziya aeroportlarida aviakompaniyaning 711 nafar yölovçisi mamlakatga kirişi rad etilgan bölib, ularning 473 nafari Özbekiston fuqarolaridir.
👉 @xushnudbek 👈
