Özbekistonda yil boşidan buyon 26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi
Özbekistonda yil boşidan buyon 26 ta arxeologiya yodgorligiga zarar yetkazilgani aniqlandi
Boş prokuratura va Madaniy meros agentligi ötkazgan tekşiruvlarda tarixiy yodgorliklarga zarar yetkaziş va ularning muhofaza hududlarida noqonuniy qurilişlar aniqlangan. Jumladan:
➖ Andijondagi miloddan avvalgi XII–VII asrlarga oid “Dalvarzin” yodgorligi hududida boğ, ekin maydoni va beton ğişt sexi taşkil etilgan;
➖ Samarqanddagi “Talliğulontepa” yodgorligining 195 kub metr qismi oğir texnika yordamida buzilgan.
Bundan taşqari, respublika böyiça 48 ta yodgorlikning muhofaza hududida uy-joy va boşqa inşootlar qurilgan. Masalan, Şahrisabzdagi “Sariqtepa” yodgorligi muhofaza hududida 3 ta uy-joy özboşimçalik bilan qurilgan.
Tekşiruvlar natijasida 8 ta jinoyat işi qözğatilib, 68 ta taqdimnoma kiritildi. 20 nafar mansabdor şaxs intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
👉 @xushnudbek 👈

