Oğrigan quloqni davolaş emas, kesişni xohlayotganlar haqida
Oğrigan quloqni davolaş emas, kesişni xohlayotganlar haqida
Bugun deputatlar köp qonunlar qatorida yana bitta antiqa qonunni ham tasdiqlabdi.
Yaʼni içki işlar xodimlarini obrösizlantiriş maqsadida fuqarolar tomonidan foto yoki videotasvirga olib internet orqali tarqatilişi maʼmuriy, hatto 15 sutkagaça qamoq bilan jazolanişga sabab bölişi haqidagi qonun uç öqişda tasdiqlanib ketibdi.
Bu nima degani?
Bu şu deganiki, ertaga birorta nopok, öz işiga noloyiq va qonunbuzar içki işlar xodimining videosi yoki suratini internetga joylasangiz, sizga jamoatçilik nazoratidagi faolligingiz, tizimni tozalaşdagi yordamingiz uçun rahmat aytişmaydi, balki aksinça 15 sutkagaça tiqib qöyişadi.
Aslida bunaqa alohida moddaga ehtiyoj bormi?
Yöq! Uşbu qonun normasiga heç qanday ehtiyoj yöq va bu ertaga faqat zarar keltiradi.
Hozirgi qonunlarimizda içki işlar xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan qarşilik qilganlarga jazo bormi? Bor!
Içki işlar xodimini haqorat qilgani uçun (xoh hayotda, xoh internetda) jazo bormi? Bor!
Içki işlar xodimiga tuhmat qilib, uni obrösizlantirgani uçun jazo bormi? Bor!
Böldi-da, unda yana nima kerak sizlarga?
Özi amaliyotda eng köp soxta ayblov qöyiladigan moddalardan biri — içki işlar organlari xodimiga qarşilik qiliş, degan modda edi, kimnidir 15 sutkaga qamaş kerak bölsa, odatda mana şu “dejurniy” ayblovdan foydalanişardi. Endi yana bitta “dejurniy” modda qöşilyapti, içki işlar xodimini obrösizlantirmoqçi böldi, deb qamaşlar köpayadi. Çunki nima obrösizlantirişu, nima obrösizlantiriş emasligi haqida aniq çegara yöq.
Juda yomon iş bölibdi lekin…
👉 @xushnudbek 👈


