Reklama

«Ikkinçi imkon» loyihasi doirasida 311 nafar mahkum taʼlim olmoqda

Albom3-noyabr, 2026, 09:592 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 45,5 mingSaytdagi körişlar: 1

“Ikkinçi imkon” loyihasi doirasida 311 nafar mahkum taʼlim olmoqda

Özbekistonda yölga qöyilgan “Ikkinçi imkon” umummilliy loyihasi dastlabki natijalarini körsatmoqda. Ayni paytda 11 ta jazoni ijro etiş muassasasida 18–30 yoşdagi 311 nafar mahkum ingliz tili va zamonaviy kasb-hunarlarni örganmoqda. Dastlabki nazorat natijalariga köra, iştirokçilarning 88,6 foizi ingliz tili, 79,5 foizi esa kompyuter savodxonligi kurslarini muvaffaqiyatli özlaştirgan.

Loyiha doirasida mahkumlarga ingliz tili, IT, maʼlumotlar tahlili, kompyuter servisi, tadbirkorlik va boşqa yönalişlarda taʼlim berilmoqda. Ayrim muassasalarda özlaştiriş körsatkiçlari 98 foizdan oşgan, Qiziltepa va Qarşidagi ikkita koloniyada esa har ikki kurs böyiça 100 foizlik natija qayd etilgan. Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikatlar beriladi va ularni iş bilan taʼminlaş ham rejalaştirilgan.

Loyihani amalga oşiriş uçun davlat budjetidan mablağ ajratilmaydi, barça xarajatlar “UNICON-SOFT” kompaniyasi tomonidan qoplanadi. 2027-yildan boşlab loyihani respublikadagi barça jazoni ijro etiş muassasalarida yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Reklama

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek774 ming obunaçi