Texnikum öquvçilari ham «Work and Travel» xalqaro dasturida iştirok etadi
📍 Texnikum öquvçilari ham “Work and Travel” xalqaro dasturida iştirok etadi
Hukumat qaroriga köra, 2026/2027-öquv yilidan boşlab texnikumlarning örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarida öqiyotganlarga ham “Work and Travel” dasturi doirasida xorijiy davlatlarda işlaş va sayohat qiliş imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga muvofiq:
➖ dastur doirasida 🇪🇺 Yevropa Ittifoqi davlatlari, 🇰🇷 Janubiy Koreya, 🇯🇵 Yaponiya, 🇬🇧 Buyuk Britaniya, 🇺🇸 AQŞ, 🇨🇦 Kanada, 🇦🇺 Avstraliya va 🇳🇿 Yangi Zelandiyada işlaş va sayohat qiliş uçun boriş-keliş hamda boşqa xarajatlarni qoplaş maqsadida ssuda ajratiş tartibi joriy etiladi;
➖ Migratsiya agentligi tomonidan har yili 1-martga qadar çet davlatlarda işlaş va sayohat qiliş uçun xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlik şartnomalarini imzolaş çoralari köriladi.
👉 @xushnudbek 👈


