Sport

«Ilgiz Tantaşev öyinni yuqori saviyada boşqardi» — Arçivo VAR

Albom20-iyun, 2026, 15:302 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿 “Ilgiz Tantaşev öyinni yuqori saviyada boşqardi” — Arçivo VAR

Özbekistonlik Ilgiz Tantaşev boşçilgidagi hakamlar brigadasi mundial 2-turi doirasida Şotlandiya — Marokaş (0:1) öyinini boşqarib bordi.

Hakamlik qarorlarini tahlil qiluvçi Ispaniyaning maşhur Arçivo VAR naşri Ilgiz Tantaşevning mazkur bahsdagi harakatlarini yuqori baholab, 7,5 ball berdi.

“U deyarli barça qarorlarida, jumladan, jarima maydonçasidagi ikkita bahsli vaziyatda ham haq bölib çiqdi. Garçi bu ikki vaziyatda şubhalanişga örin bölmasa-da, özbekistonlik hakam ularga nihoyatda xotirjam munosabat bildirdi”, — deyiladi Arçivo VAR izohida.

Maʼlumot uçun, Tantaşevga uşbu bahsda qanotlarda hamyurtlarimiz Timur Gaynullin va Andrey Sapenko yordam berdi.

Qayd etiş joiz, Şotlandiya—Marokaş uçraşuvida özbekistonlik yana bir futbol mutaxassisi Alişer Nikimbayev öyin direktori sifatida işladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek