Tushuntirish

Jamoat joylarida ibodat libosida yurganlik uçun jazo olib taşlanmoqda

Matn7-sentabr, 2023, 17:522 daqiqa0 koʻrish

Jamoat joylarida ibodat libosida yurganlik uçun jazo olib taşlanmoqda

Keça Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga ayrim özgarişlar kiritiş haqida qonun qabul qilinganini xabar qilgandik. Şu böyiça ayrim izohlar bermoqçiman:

***

Eng avvalo, keça eʼtibor berilmagan jihatlardan biri — MJtK 184-1-moddadagi fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlari uçun javobgarlik (1,5 mln sömdan 3 mln sömgaça jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq) bekor qilindi.

2020–2022 yillarda fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurişlari yuzasidan 33 ta huquqbuzarlik böyiça iş oçilgan. Amaliyotda bu odatda hijobda yurgan ayollarga nisbatan qöllanardi, garçi bir neça bora hijob ibodat libosi emasligi, Islom dinida ibodat libosi degan alohida kiyim turi yöqligi aytilgan bölsa ham.

Xullas, endi şu modda kodeksdan butunlay çiqarib taşlanmoqda.

***

Keçagi qonun bilan FHDY organlarida rasman nikohdan ötmagan fuqarolar örtasida nikoh tuzişga doir diniy marosimlar ötkazganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Ayrimlar ilgari ham şunaqa ediku, rasmiy bölmasa nikoh öqigan domlaga çora körilardi, deb hayron bölmoqda.

Aslida bungaça faqat nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşirişganlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjud edi, ammo qonuniy ötmagan nikoh yoşiga yetganlar örtasida nikoh öqiganlik uçun javobgarlik belgilanmagan edi.

***

Keçagi qonunda köp xotinli bölişni tarğib qilganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Ayrimlar buni köp xotinlik taqiqlandi, deb tuşundi. Aslida bizda köp xotinli böliş azaldan taqiqlangan.

1995-yil kuçga kirgan Jinoyat kodeksining 126-moddasiga köra, köp xotinli böliş, yaʼni umumiy rözğor asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bölib yaşaş 50 baravardan 100 baravargaça jarima yoki 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Keçagi qonunda esa jinoyat sifatida belgilangan uşbu qilmişni tarğib qilganlik uçun maʼmuriy jazo kiritildi. Yaʼni gap faqat tarğibot haqida ketmoqda.

👉@xushnudbek👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek