Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq korrupsion sxema foş etildi: hozirça aniqlangan summa 135 mln dollar
❗️Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq korrupsion sxema foş etildi: hozirça aniqlangan summa 135 mln dollardan köproq
Boş prokuratura Departamenti tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda bir guruh şaxslar, Taşqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdorlari va boşqalardan iborat uyuşgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida işga yuboriş bilan boğliq korrupsion sxema yaratgani aniqlangan.
Tergovda Koreyaga işga yuboriş uçun jinoiy guruh tomonidan rasmiy tölovlardan taşqari firibgarlik yöli bilan 7-12 ming AQŞ dollardan qariyb 90 mln AQŞ dollari yiğilgani maʼlum böldi. Bu hali Koreyaga işga yuborilmagan 600 dan ziyod fuqaroga yetkazilgan zarar miqdori.
Şuningdek, tergovda nafaqat işga yuborilmagan, balki hozirda Koreyada işlayotgan fuqarolardan ham noqonuniy tölovlar undirilgani maʼlum bölgan. Koreyaga yuborilgan mingdan ziyod fuqarodan noqonuniy ravişda jami 45 mln AQŞ dollari olingani maʼlum bölgan.
Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar, agarda Siz va yaqinlaringiz uşbu uyuşgan jinoiy guruh faoliyatidan jabr körgan bölsangiz, bu haqida zudlik bilan Boş prokuratura Departamentining 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni orqali maʼlum qilişingizni söraymiz, — deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


