«Masʼullar holatdan xabardor» — Qaşqadaryo viloyati hokimligi sel keçib maktabga borayotgan bolalar haqida
Video11-noyabr, 2026, 12:303 daqiqa0 köriş
“Mas’ullar holatdan xabardor” — Qaşqadaryo viloyati hokimligi sel keçib maktabga borayotgan bolalar haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar maktabga borişi uçun sel özanidan ötişiga töğri kelayotgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, mazkur holat Dehqonobod tumanidagi mavsumiy sel suvlari oqib ötadigan tabiiy özan hududida kuzatilgan. Mas’ul taşkilotlar bundan xabardor ekani bildirildi.
“Bolalarning ta’lim muassasasiga boriş-kelişida bunday xavfli vaziyatlarga duç kelişiga yöl qöyib bölmaydi. Ayni paytda mas’ullar tomonidan hududdagi vaziyatni örganiş, bolalar xavfsizligini ta’minlaş böyiça zarur çoralarni belgilaş hamda muammoning doimiy yeçimini topiş yuzasidan tegişli işlar olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈

